Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ronaldu Chempionlar Ligasi finalida boshqa klubga to‘qnash kelishni istagan edi
«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu Chempionlar Ligasi finalidan o‘rin olgan «Liverpul»ga qarshi o‘yin haqidagi fikrlarini aytdi. Portugaliyalik so‘zlariga ko‘ra, uning hal qiluvchi bahsda sobiq jamoasi «Manchester Yunayted»ga qarshi o‘ynash niyati bor edi.
«Final - har doim juda muhim voqea. Men hal qiluvchi o‘yinda «Manchester Yunayted»ga to‘qnash kelishni istardim. Ammo «Liverpul» ham hurmatga loyiq jamoa. Bizga oson bo‘lmaydi.
«Liverpul» 3-4 yil oldingi «Real»ni eslatib yuboryapti. Ularning uch nafar hujumkor futbolchisi juda tezkor... Ammo «Real» yaxshiroq. Biz o‘z saviyamizda o‘ynashimiz lozim, biroq, raqibni ham hurmat qilishimiz shart» - dedi Ronaldu.
«Real» - «Liverpul» o‘yini 26 may kuni o‘tkaziladi.
Mavzuga oid
01:15 / 29.12.2025
Ronaldu Yaqin Sharqning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi
20:17 / 19.11.2025
Ronaldu Oq uyda mehmon bo‘ldi
22:26 / 16.10.2025
Ronaldu 2025 yilning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisi bo‘ldi
11:32 / 12.10.2025