Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistonida yo‘lovchi samolyotining favqulodda qo‘nishi oqibatida 53 kishi jarohat oldi
Saudiya Arabistonining Jidda shahrida favqulodda qo‘nishni amalga oshirgan Saudi Arabian Airlines kompaniyasi yo‘lovchi samolyotidan odamlarni evakuatsiya qilish davomida kamida 53 kishi jarohat olgan. Bu haqda Saudiya matbuot agentligini ma'lum qildi.
Madinadan Daqqaga uchayotgan samolyot havoga ko‘tarilgandan keyin shassisi ishlamay qolgani sababli favqulodda qo‘nishiga to‘g‘ri kelgan. Yo‘lovchilar samolyotni avariyaviy trap orqali tark etishgan. Ma'lum qilinishicha, evakuatsiya vaqtida 52 kishi kichik jarohatlar olgan, bir ayolning esa bir nechta joyi singan.
Samolyotda 141 yo‘lovchi va ekipajning 10 nafar a'zosi bo‘lgan.
Mavzuga oid
19:38 / 22.06.2026
Yamal gol urdi va sajda qildi, Portugaliyada «Dallas seriali boshlandi»
07:09 / 02.06.2026
1,7 million ziyoratchi va aqlli boshqaruv. Haj-2026 yakunlari
08:37 / 29.05.2026
Jahon boylik xaritasi o‘zgarmoqda: yangi liderlar paydo bo‘lmoqda
08:52 / 27.05.2026