Saudiya Arabistonining Madina şahridan Bangladeşning Daqqa şahriga uçayotgan Airbus A330 yölovçi samolyoti qirollikning ğarbida joylaşgan Jidda şahriga favqulodda qönişiga töğri kelgan. Bu haqda Asharq Al-Awsat naşri ma'lum qildi.

Foto: Almased

Aviakompaniya vakilining aytişiça, bortida 141 yölovçi va ekipajning 10 nafar a'zosi bölgan samolyot havoga kötarilgandan keyin ekipaj sardori “old şassining gidravlik mexanizmidagi nosozlik” haqida xabar bergan.  

Ta'kidlanişiça, şassini çiqarişga bir neçta urinişdan keyin samolyotni usiz qöndirişga qaror qilingan. Samolyot qöngandan keyin yölovçilar va ekipaj a'zolari avariyaviy trap orqali evakuatsiya qilinganlar.