Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Har chorakda shaxsiy foydalanish uchun boj olinmaydigan xaridlarni 30 kg bilan cheklamaslikka qaror qilindi
Foto: Mashable
Normativ-huquqiy hujjatlarning muhokamasi portalida prezidentning «O‘zbekiston Respublikasi hududiga xalqaro pochta va kurerlik jo‘natmalari jismoniy shaxslar manziliga kelayotgan tovarlarni nazorat va hisobga olishni nazorat qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori loyihasi yangi versiyasi e'lon qilindi.
Avvalgisidan asosiy farq – boj to‘lovlari solinmaydigan, shaxsiy foydalanish uchun tovarlar olib kirishga cheklangan normaning o‘zgarishi.
Qonun loyihasining birinchi versiyasida bir kishi shaxsiy foydalanish uchun har kvartalda qiymati 1000 AQSh dollari va og‘irligi 30 kilogrammgacha bo‘lgan tovarlarni boj to‘lamasdan olishi mumkin ekani haqida aytilgandi. Bu taklif foydalanuvchilar tomonidan qator salbiy fikrlarni keltirib chiqardi.
Idora yangi versiyada bu normani oyiga 300 dollar va 20 kg miqdorda o‘rnatishni taklif etmoqda.
Og‘irligi yoki qiymatdan oshib ketganda to‘lov stavkasi miqdori, kabi boshqa bandlar o‘zgarishsiz qolgan – narxdan 30% va 5 dollar.
Loyihaning yangi versiyasini 6 iyunga qadar muhokama qilish mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq hukumat chet el internet-do‘konlaridan olib kelinadigan tovarlarni tartibga solmoqchi ekani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
09:59 / 11.06.2025
Ayrim mahsulotlarning tasnifiy kodi o‘zgartirilmoqda
07:52 / 15.04.2025
Faqat birja orqali sotiladigan tovarlar ro‘yxati kengaytirildi
14:30 / 09.04.2025
O‘zbekiston va Pokiston tovar ayirboshlash hajmini 2 mlrd dollarga yetkazadi
11:00 / 08.03.2025