Bojxona qömitasi çet eldan şaxsiy foydalaniş uçun boj olinmaydigan xaridlarni har çorak uçun 1000 dollar va 30 kilogramm bilan çeklab qöyişni taklif qilmoqda.
Bu prezidentning «Özbekiston Respublikasi hududiga xalqaro poçta va kurerlik jönatmalari jismoniy şaxslar manziliga kelayotgan tovarlarni nazorat va hisobga olişni nazorat qiliş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarori loyihasi bilan nazarda tutilgan.
Qömita quyidagilarni örnatişni taklif qilmoqda:
• bir kişi şaxsiy foydalaniş uçun har kvartalda qiymati 1000 AQŞ dollari va oğirligi 30 kilogrammgaça bölgan tovarlarni boj tölamasdan olişi mumkin;
• 1000 dollardan oşsa, oşgan summaning 30 foizi miqdorida, 30 kilogrammdan oşganda ortiqça har bir kilogramm uçun 5 dollar miqdorida soliq tölanadi;
• qiymat va oğirlik normalaridan oşganda, har ikki punkt böyiça tölov tölanadi;
Şuningdek, jismoniy şaxslar tomonidan şaxsiy foydalaniş uçun möljallanmagan tovarlarni olib kirişda çeklov normasi qöllanilmaydi va bojxona tölovlari belgilangan tartibda undiriladi.
Hujjatda poçta aloqasi operatorlari yoki posilkalar oluvçilariga oluvçilar va posilkalar töğrisida dastlabki elektron ma'lumotni taqdim etiş majburiyatini yuklaş taklif etilmoqda.












