O‘zbekiston | 14:34 / 23.05.2018
21214
2 daqiqa o‘qiladi

Chiroqchidagi xaroba maktab filiali boshqa joyga ko‘chirildi

Chiroqchi tumanidagi 2 xonadan iborat, og‘ir ahvoldagi 37 nafar bola o‘qiydigan maktab filiali o‘quvchilari boshqa binoga ko‘chirildi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Chiroqchi tumanidagi 31-sonli umumta'lim maktabining filiali Yangiobod MFY, Qoraburug‘ qishlog‘ida joylashgan bo‘lib, u 2006 yilda mahalliy aholi tomonidan hashar yo‘li bilan qurilgan.

Foto: Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

Inspektsiya xodimlari 14-18 may kunlari Qashqadaryo viloyatiga tashrif buyurib, vaziyatni o‘rgangan. O‘rganish davomida bu yerda tahsil oluvchi 37 nafar o‘quvchilar uchun umuman sharoit yaratilmagani, ta'lim sifati tugul, o‘quvchilarning xavfsizligiga ham javob bermasligi aniqlandi.

Foto: Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi
Foto: Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

2018 yil 17 may tuman hokimining farmoyishiga binoan maktab filiali o‘quvchilari Chiroqchi qishloq xo‘jalik va kasb hunar kollejining Qoraburug‘ filialiga ko‘chirildi.

Foto: Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi
Foto: Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

 

Mavzuga oid