Qaşqadaryo viloyati, Çiroqçi tumanida joylaşgan umumta’lim maktabida öqituvçiga «noörin söz işlatgan» öquvçining ota-onasiga çora körildi. Bu haqda Bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonova xabar berdi. Xabarda maktabning raqami keltirilmagan.

Qayd etilişiça, Çiroqçi tumanida joylaşgan umumta’lim maktabida 8 fevral kuni 8-sinf öquvçilari ingliz tili fani darsida ikki öquvçi orasida mojaro yuz bergan, ular özaro tortişib turli sözlar bilan bir-birini haqorat qilgan. Şundan söng, öqituvçi öquvçilardan biriga sinfdan çiqib ketişni buyurgan. Ammo öquvçi öqituvçining talabiga böysunmasdan, unga nisbatan «noörin sözlar işlatgan».

Ma’lumotda aytilişiça, holat yuzasidan xizmat tekşiruvi tayinlanib, tegişli tartibda örganiş olib borilgan va pedagog xodimlarga nisbatan intizomiy jazo çorasi qöllangan. Xabarda pedagoglar nimada ayblangani keltirilmagan.

Şu bilan birga maktab tartib-qoidalarini buzgan öquvçilarning ota-onalariga nisbatan Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 47-moddasiga (Bolalarni tarbiyalaş va ularga ta’lim beriş borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik) köra ma’muriy bayonnoma rasmiylaştirilgan. Körilgan çoraning qanday ekani xabarda keltirilmagan.