Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Davlatga yetkazilgan zararni qoplagan shaxs sud zalida qamoqdan ozod qilindi
Joriy yilning 22 may kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tuman sudi tumandagi Ichki ishlar bo‘limi binosida ochiq sayyor sud majlisida sudya F.Turaxodjayev raisligida sudlanuvchi D.Karimovga nisbatan jinoyat ishini ko‘rdi.

Sudlanuvchiga nisbatan jinoyat kodeksining aybdorga ishonib topshirilgan yoki uning ixtiyorida bo‘lgan o‘zganing mulkini o‘zlashtirish yoki rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilish, pul mablag‘larini va (yoki) boshqa mol-mulkni jalb etishga doir noqonuniy faoliyat, hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalarni, avtomototransport vositalarining va ular tirkamalarining (yarim tirkamalarining) davlat raqam belgilarini egallash, nobud qilish, ularga shikast yetkazish yoki ularni yashirish va hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish kabi moddalari bilan jinoyat ishi ochilgan.

Sud sudlanuvchi, fuqaroviy da'vogar vakili va guvohlarning ko‘rsatuvlarini hamda tomonlarning fikrini tinglab, ish materiallarini atroflicha taftish qilib, yig‘ilgan dalillarga tegishlicha yuridik baho berdi.

Sudlanuvchi tegishli moddalar bilan aybli, deb topildi. D.Karimovga har oylik ish haqining 20 foizini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda 2 (ikki) yil 4 (to‘rt) oy 3 (uch) kun muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi.
Uning ehtiyot chorasi o‘zgartirilib, sud zalida qamoqdan ozod etildi. Hukm qonuniy kuchga kirgunga qadar unga munosib xulq-atvorda bo‘lish haqida tilxat ehtiyot chorasi qo‘llanildi.
Toshkent shahar prokuraturasi aybdorning depozit hisob-raqamida saqlanayotgan 30.000.000 so‘m pul mablag‘lari soliq bo‘yicha etkazilgan zararni qoplash uchun Mirzo Ulug‘bek tuman davlat soliq inspeksiyasi hisob-raqamiga o‘tkazildi.
Hukmdan norozi taraflar hukm e'lon qilingan kundan boshlab, sudlanuvchi va jabrlanuvchilar hukm nusxasini olgan kundan boshlab, o‘n kun ichida jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudining apellyatsiya instansiyasiga, hukm qonuniy kuchga kirganidan so‘ng esa jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudining kassatsiya instansiyasi sudlov hay'atiga shikoyat berish yoki protest bildirishga haqli ekanligi tushuntirildi.

Mavzuga oid
10:00 / 08.07.2026
Eng ko‘p talaba Toshkent shahrida tahsil olmoqda
18:48 / 06.07.2026
Toshkentda uy xizmatchisi 91 yoshli ayolni qiynab kelgani aniqlandi
11:10 / 01.07.2026
Toshkentda Tracker va BYD ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
19:51 / 30.06.2026