Toşkent şahrida keksa yoşdagi ayolni qiynab kelgan qiz jinoiy jazoga tortildi. Kun.uz sud hujjati bilan tanişdi.

Sud hukmiga köra, 33 yoşli Yu.U. poytaxtning Mirzo Uluğbek tumanidagi xonadonlardan birida uy xizmatçisi bölib işlagan. U 3-4 oy davomida xonadonda istiqomat qiluvçi 91 yoşli R.N.ni muntazam ravişda urib, qiynab kelgan.

Uning bu harakati uydagi yaşirin kamera orqali foş etilgan.

Uy xizmatçisi sudda aybiga iqror bölgan.

“Menga xonadonda tozalik işlarini amalga oşiriş va 91 yoşli buviga qaraş vazifasi yuklatilgandi. Har oyda bir-ikki marotaba dam oliş kunlari berilgandi. Oylik iş haqim 7 mln söm bölgan.

2025 yil taxminan dekabr oyida doimiy işlab çarçaganim sababli buvijonni hojatxonaga olib kirgan vaqtimda uni urib, tan jarohati yetkazdim. Bu holat 2026 yil 19 mart kuniga qadar davom etib keldi. Boş, böyin va qöl qismlariga uriş orqali unga doimiy ravişda tan jarohati yetkazib kelganman”, degan sudlanuvçi öz körsatmasida.

19 mart kuni ertalab R.N. erta uyğonib, hojatxonaga borişini aytgan. Yu.U. doimgidek qöli bilan uning boş va yuz qismiga urib, tan jarohati yetkazgan. Keyin xonaga qaytib kelişgan. Şu payt xonaga buvining nevarasi kirgan hamda hol-ahvol söragan. Buvi esa heç narsa demasdan yiğlab yuborgan.

Şundan söng uy egalari xonadonga örnatilgan yaşirin kameralardagi tasvirlarni körib çiqişgan hamda uy xizmatçisining qilmişi foş bölgan.

JIB Mirzo Uluğbek tuman sudining 2026 yil 18 iyundagi hukmi bilan Yu.U. Jinoyat kodeksining 110-moddasi (qiynaş) 2-qismi “v” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilganlikda aybli deb topilgan. Unga 4 yil ozodlikni çeklaş jazosi tayinlangan.