Milliy statistika qömitasi ma’lumotlariga köra, 2025-2026 öquv yili boşida respublikadagi oliy ta’lim taşkilotlarida tahsil olayotgan talabalar soni 1 million 535 ming nafarni taşkil etgan.
Şundan 1 million 478,7 ming nafari bakalavriat, 56,3 ming nafari esa magistratura bosqiçida tahsil olmoqda.
Hududlar kesimida eng köp talabalar Toşkent şahrida qayd etilgan bölib, ularning soni 579,3 ming nafarni taşkil etadi.
Undan keyingi örinlarda Buxoro viloyati (117,7 ming nafar), Qaşqadaryo viloyati (111,6 ming nafar), Toşkent viloyati (101,5 ming nafar), Farğona viloyati (98,9 ming nafar) va Samarqand viloyati (93,9 ming nafar) joylaşgan.
Şuningdek, Surxondaryo viloyatida 76,2 ming, Qoraqalpoğiston Respublikasida 73,7 ming, Xorazm viloyatida 65,9 ming, Andijon viloyatida 65,7 ming, Namangan viloyatida 52,5 ming, Navoiy viloyatida 42,5 ming, Jizzax viloyatida 32,4 ming va Sirdaryo viloyatida 23,2 ming talaba tahsil olmoqda.












