Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarda 79 449ta fuqarolik ishlari ko‘rilgan – Bosh prokuratura
Foto: Pixabay
O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlari tomonidan fuqarolik sud ishlarini yuritishda prokuror vakolatini ta'minlash yo‘nalishi bo‘yicha joriy yilning 4 oyi davomida qator ishlar amalga oshirildi, deb xabar bermoqda mahkama matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarning birinchi va yuqori instansiyalarida 79 449ta fuqarolik ishlari ko‘rilgan bo‘lib, shundan 19 524tasida prokuror ishtiroki ta'minlangan.
Sudlar tomonidan o‘tgan davr mobaynida fuqarolar hamda davlat va jamiyat manfaatlarini ko‘zlab kiritilgan 4,4 mlrd so‘mga yaqin 577ta prokuror da'vo arizalari ko‘rib chiqilib, ulardan 4,3 mlrd so‘mlik 558ta da'vo arizalar qanoatlantirilgan.
Sudda ko‘rilgan ishlarning 474tasi bo‘yicha chiqarilgan sud qarorlari prokuror protestlariga asosan qonunga muvofiqlashtirilgan.
Jumladan, da'vogar A.ning javobgar “UZCHASYS” MChJga nisbatan ishga tiklash va majburiy progul uchun haq undirish haqidagi da'vo talablari quyi sudlar tomonidan rad qilingan. Bosh prokuraturaning nazorat tartibidagi protestiga asosan Oliy sudning 19.02.2018 yildagi ajrimi bilan fuqaro A. ishga tiklandi va majburiy progul uchun ish haqlari undirildi.
Mavzuga oid
19:50 / 12.01.2026
Farg‘onada “prava”siz ayol uch odamni urib yubordi, bir kishi to‘shakka mixlandi: jabrlanuvchilar sud hukmidan norozi
13:43 / 08.11.2025
Moskva sudi Xodorkovskiy tashkil etgan litseyni milliylashtirdi
19:49 / 19.10.2025
O‘zbekistonda 9 oyda 27 mingdan ortiq nikoh bekor qilindi
18:46 / 08.09.2025