Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyati fuqarolari diqqatiga: buzilgan huquqlaringizni tiklashda tuman adliya bo‘limlariga murojaat qiling
Toshkent viloyatining 15ta tuman va 7ta shahrida mahalliy adliya bo‘limlari tashkil etilib, ularning boshliqlari tayinlandi. Shu bilan birga, bo‘limlarga xodimlarni tayinlash masalasi ham yakuniga yetkazilmoqda.
Hududiy adliya bo‘limlarini tashkil qilinishi bilan bevosita joylardagi huquqiy muammolar, fuqarolarning huquq va erkinliklari, ularning huquqiy ehtiyojlari bilan bog‘liq holda ta'minlanish darajasini chuqur o‘rganish, jamiyatdagi aniq huquqiy holatdan kelib chiqib, manzilli huquqiy targ‘ibotni amalga oshirish imkoniyatini beradi.
Shuningdek, qabul qilinayotgan qonunlarning mazmun-mohiyatini ijrochilarga yetkazish va aholining huquqiy madaniyatini oshirish, huquqni qo‘llashda bir xil amaliyotni joriy qilish hamda tumanlar (shaharlar) hokimlarining qarorlarini qonun hujjatlariga muvofiq bo‘lishi kabilar ta'minlanadi.
Eslatib o‘tamiz, tuman adliya bo‘limlari 2018 yil 13 aprel kuni davlat rahbari tomonidan imzolangan “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan tashkil etilib, adliya idoralarining 100 yillik tarixida ilk bora ro‘y bermoqda.
Shu munosabat bilan Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan viloyatning tuman va shaharlarida ana shunday bo‘limlar faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha barcha tashkiliy chora-tadbirlar ko‘rildi. Ular uchun alohida bino ajratilib, talab darajasida jihozlandi. Zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari bilan ta'minlandi.
Shunga binoan, Toshkent viloyati fuqarolari buzilgan huquqlaringizni tiklash bo‘yicha hududiy adliya bo‘limlariga murojaat qilishlari mumkin bo‘ladi.
Mavzuga oid
17:51 / 07.07.2026
“Misqollab yaratilgan Toshkent brendini yo‘qotib qo‘yishimiz mumkin” – issiqxonachi muqobil yechimlar haqida
12:04 / 06.07.2026
Katta Chimyon tog‘ida oyog‘i lat yegan fuqaro qutqarib qolindi
19:49 / 02.07.2026
Toshkent viloyatida issiqxonalarni demontaj qilish boshlandi
11:20 / 22.06.2026