Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shimoliy Koreya Pxungeridagi yadroviy poligonni to‘liq buzib tashlagani ma'lum qilindi
Shimoliy Koreya 24 may kuni Pxungeridagi yadroviy poligonini to‘liq buzib tashladi. Bu haqda Shimoliy Koreya markaziy telegraf agentligi ma'lum qildi.
Xabarda aytilishicha, poligon buzilishi vaqtida atrof-muhitga radiatsiya tarqalmagan.
“Yadroviy poligon barcha tunnellar portlatish yo‘li bilan to‘liq buzilib, ularga kirishni butkul yopadigan qilib yo‘q qilingan. Shu bilan birga qo‘riqlash obektlari va kuzatuv postlari ham portlatilgan”, deb aytilgan xabarda.
Pxungeri Shimoliy Koreya yadroviy dasturining eng muhim obektlaridan biri hisoblangan. 2006 yildan 2017 yilgacha bu poligonda oltita yadroviy sinov, jumladan termoyadro bombasi sinovi o‘tkazilgan.
Yadroviy poligonning buzilishini 5 ta davlatdan taklif qilingan jurnalistlar kuzatib borishgan.
Mavzuga oid
09:03 / 27.05.2026
Shimoliy Koreya bir nechta turdagi raketalarni sinovdan o‘tkazdi
20:01 / 01.03.2026
Axloqqa zid va noqonuniy. Rossiya, Shimoliy Koreya va Xitoy Xominaiyning o‘ldirilishini qoraladi
15:55 / 13.02.2026
Kim Chen In qizini voris sifatida tanlab bo‘lgan – Janubiy Koreya razvedkasi
21:21 / 26.12.2025