Jamiyat | 19:06 / 24.05.2018
54870
18 daqiqa o‘qiladi

Toshkent shahri va viloyatida doimiy propiska qilish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin

Foto: Kun.uz

“O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Ichki ishlar vazirligi buyrug‘i muhokama uchun e'lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga kiritilishi mumkin bo‘lgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar:

4-bandda:

ikkinchi xatboshidagi “xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limiga (bo‘linmasiga) (bundan buyon matnda XChKvaFRB deb yuritiladi)” degan so‘zlar “Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limiga (bo‘linmasiga) (bundan buyon matnda MvaFRB deb yuritiladi)” degan so‘zlar bilan almashtiriladi;

oltinchi xatboshidan “notarial tasdiqlangan” degan so‘zlar chiqarib tashlanadi;

sakkizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etiladi:

“Ro‘yxatning 1 va 8-bandlari asosida Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilingan fuqarolarning qarindoshlari Ro‘yxatning 2-bandi asosida doimiy propiska qilinadi.”.

5-bandda:

birinchi – ikkinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etiladi:

“Qonun kuchga kirgunga qadar, ya'ni 2011 yil 15 sentabrgacha doimiy propiska qilingan shaxslarning to‘g‘ri shajara bo‘yicha birinchi va ikkinchi darajali qarindoshlari ularning turar joy maydoniga Ro‘yxatning 2-bandi bo‘yicha doimiy propiska qilinadi.

Ro‘yxatning 2-bandiga (xotini yoki eri, o‘z oilasiga ega bo‘lmagan voyaga yetgan bolalar hamda er-xotinning birgalikdagi va (yoki) ilgarigi nikohidan tug‘ilgan yoxud nikohsiz tug‘ilgan voyaga yetmagan bolalar, shuningdek farzandlikka olingan bolalar bundan mustasno) muvofiq Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilingan fuqarolarning qarindoshlari Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinmaydi.”;

uchinchi xatboshidagi “ikkinchi” degan so‘z “birinchi” degan so‘z bilan, “XChKvaFRBga” qisqartmasi “MvaFRBga” qisqartmasi bilan almashtiriladi;

yettinchi xatboshidan “notarial tasdiqlangan” degan so‘zlar chiqarib tashlanadi;

sakkizinchi – to‘qqizinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etiladi:

“uy-joy mulkdorining (mulkdorlarining) turar joy maydoni berish to‘g‘risidagi arizasi (roziligi) yoxud notarial tasdiqlangan arizasi (roziligi), agar shaxsan o‘zi berish imkoni mavjud bo‘lmasa;

nikoh tuzilganligi yoki bolalar tug‘ilganligi to‘g‘risidagi guvohnomalar (nusxalari olinib, asli qaytariladi);”;

o‘n birinchi xatboshidan “notarial tasdiqlangan” degan so‘zlar chiqarib tashlanadi.

6-bandda:

quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan to‘ldiriladi:

“Tarbiyalash, davolash va boshqa muassasalardagi yetim bolalar, ota-onalarining qarovisiz qolgan bolalar, shuningdek qariyalar uylaridagi shaxslar ko‘rsatib o‘tilgan muassasalar tomonidan berilgan turar joyga Ro‘yxatning 3-bandi bo‘yicha doimiy propiska qilinadilar.”;

uchinchi xatboshidagi “XChKvaFRBga” qisqartmasi “MvaFRBga” qisqartmasi bilan almashtiriladi;

oltinchi xatboshidan “notarial tasdiqlangan” degan so‘zlar chiqarib tashlanadi;

yettinchi – sakkizinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etiladi:

“uy-joy mulkdorining (mulkdorlarining) turar joy maydoni berish to‘g‘risidagi arizasi (roziligi) yoxud notarial tasdiqlangan arizasi (roziligi), agar shaxsan o‘zi berish imkoni mavjud bo‘lmasa;

vasiylikdagi (homiylikdagi) fuqaroning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi, shuningdek vasiylik yoki homiylikni tasdiqlaydigan hujjatlar (nusxalari olinib, asli qaytariladi);”;

o‘ninchi xatboshidagi “1999 yil 12 apreldagi 171-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida vasiylik va homiylik to‘g‘risidagi nizomga (O‘zbekiston Respublikasining Hukumati qarorlari to‘plami, 1999 yil, 4-son, 18-modda)” degan so‘zlar “2014 yil 22 sentabrdagi 269-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida vasiylik va homiylik to‘g‘risidagi nizomga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2014 y., 9-son, 101-modda)” degan so‘zlar bilan almashtiriladi.

7-bandda:

ikkinchi xatboshidagi “XChKvaFRBga” qisqartmasi “MvaFRBga” qisqartmasi bilan almashtiriladi;

oltinchi xatboshidan “notarial tasdiqlangan” degan so‘zlar chiqarib tashlanadi;

yettinchi – sakkizinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etiladi:

“uy-joy mulkdorining (mulkdorlarining) turar joy maydoni berish to‘g‘risidagi arizasi (roziligi) yoxud notarial tasdiqlangan arizasi (roziligi), agar shaxsan o‘zi berish imkoni mavjud bo‘lmasa;

tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomalari (nusxalari olinib, asli qaytariladi);”;

o‘n birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etiladi:

“vasiylik (homiylik)ni tasdiqlovchi hujjatlar (nusxalari olinib, asli qaytariladi);”.

8-bandda:

birinchi xatboshi quyidagi mazmundagi ikkinchi jumla bilan to‘ldiriladi:

“Toshkent shahrida yoki Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinganidan so‘ng bir yil ichida nikoh bekor qilingan taqdirda, er (xotin) Toshkent shahrida yoki Toshkent viloyatida olingan doimiy propiskani yo‘qotadi.”;

ikkinchi xatboshidagi “XChKvaFRBga” qisqartmasi “MvaFRBga” qisqartmasi bilan almashtiriladi;

oltinchi xatboshidan “notarial tasdiqlangan” degan so‘zlar chiqarib tashlanadi;

yettinchi – sakkizinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etiladi:

“uy-joy mulkdorining (mulkdorlarining) turar joy maydoni berish to‘g‘risidagi arizasi (roziligi) yoxud notarial tasdiqlangan arizasi (roziligi), agar shaxsan o‘zi berish imkoni mavjud bo‘lmasa;

nikoh tuzilganligi yoki bolalar tug‘ilganligi to‘g‘risidagi guvohnomalar (nusxalari olinib, asli qaytariladi);”;

quyidagi mazmundagi o‘n birinchi xatboshi bilan to‘ldiriladi:

“Ro‘yxatning 5-bandi asosida doimiy propiska qilinadigan fuqarolarning oldingi nikohidan yoki nikohsiz tug‘ilgan farzandlari (o‘z oilasiga ega bo‘lmagan) Ro‘yxatning 2-bandi bo‘yicha doimiy propiska qilinadilar.”.

9-bandda:

ikkinchi xatboshidagi “XChKvaFRBga” qisqartmasi “MvaFRBga” qisqartmasi bilan almashtiriladi;

yettinchi – sakkizinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etiladi:

“uy-joy mulkdorining (mulkdorlarining) turar joy maydoni berish to‘g‘risidagi arizasi (roziligi) yoxud notarial tasdiqlangan arizasi (roziligi), agar shaxsan o‘zi berish imkoni mavjud bo‘lmasa;

nikoh tuzilganligi yoki bolalar tug‘ilganligi to‘g‘risidagi guvohnomalarning, shuningdek, vasiylik yoki homiylikni tasdiqlaydigan hujjatlar (nusxalari olinib, asli qaytariladi);”.

10-bandda:

11-bandda:

ikkinchi xatboshidagi “XChKvaFRBga” qisqartmasi “MvaFRBga” qisqartmasi bilan almashtiriladi;

yettinchi xatboshidan “notarial tasdiqlangan” degan so‘zlar chiqarib tashlanadi;

sakkizinchi – to‘qqizinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etiladi:

“uy-joy mulkdorining (mulkdorlarining) turar joy maydoni berish to‘g‘risidagi arizasi (roziligi) yoxud notarial tasdiqlangan arizasi (roziligi), agar shaxsan o‘zi berish imkoni mavjud bo‘lmasa;

nikoh tuzilganligi yoki bolalar tug‘ilganligi to‘g‘risidagi guvohnomalarning, shuningdek, vasiylik yoki homiylikni tasdiqlaydigan hujjatlar (nusxalari olinib, asli qaytariladi);”;

o‘ninchi xatboshidagi “diplomning notarial tasdiqlangan nusxasi” degan so‘zlar “diplom (nusxasi olinib, asli qaytariladi)” degan so‘zlar bilan almashtiriladi.

12-bandning uchinchi xatboshisidagi “XChKvaFRB” qisqartmasi “MvaFRB” qisqartmasi bilan almashtirilsin va “notarial tasdiqlangan” degan so‘zlar chiqarib tashlanadi.

13-bandda:

ikkinchi xatboshidagi “XChKvaFRBga” qisqartmasi “MvaFRBga” qisqartmasi bilan almashtiriladi;

oltinchi xatboshidan “notarial tasdiqlangan” degan so‘zlar chiqarib tashlanadi;

yettinchi – sakkizinchi xatboshilar tahrirda bayon etiladi:

“uy-joy mulkdorining (mulkdorlarining) turar joy maydoni berish to‘g‘risidagi arizasi (roziligi) yoxud notarial tasdiqlangan arizasi (roziligi), agar shaxsan o‘zi berish imkoni mavjud bo‘lmasa;

nikoh tuzilganligi yoki bolalar tug‘ilganligi to‘g‘risidagi guvohnomalarning, shuningdek, vasiylik yoki homiylikni tasdiqlaydigan hujjatlar (nusxalari olinib, asli qaytariladi);”;

to‘qqizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etiladi:

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchilari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni Ishlar boshqaruvchisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi va Qonunchilik palatasi Spikeri (ular joyida bo‘lmaganda – ularning o‘rinbosarlari), shuningdek tegishli ravishda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparatining boshqaruvchisi tomonidan imzolangan Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish to‘g‘risidagi iltimosnoma”.

14-bandda:

ikkinchi xatboshidagi “XChKvaFRBga” qisqartmasi “MvaFRBga” qisqartmasi bilan almashtiriladi;

beshinchi xatboshidan “notarial tasdiqlangan” degan so‘zlar chiqarib tashlanadi;

oltinchi – yettinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etiladi:

uy-joy mulkdorining (mulkdorlarining) turar joy maydoni berishi to‘g‘risida notarial tasdiqlangan arizasi (roziligi) yoxud notarial tasdiqlangan arizasi (roziligi), agar shaxsan o‘zi berish imkoni mavjud bo‘lmasa;

nikoh tuzilganligi yoki bolalar tug‘ilganligi to‘g‘risidagi guvohnomalarning, shuningdek, vasiylik yoki homiylikni tasdiqlaydigan hujjatlar (nusxalari olinib, asli qaytariladi);”.

15-bandda:

ikkinchi xatboshidagi “XChKvaFRBga” qisqartmasi “MvaFRBga” qisqartmasi bilan almashtiriladi;

oltinchi xatboshidan “notarial tasdiqlangan” degan so‘zlar chiqarib tashlanadi;

yettinchi – sakkizinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etiladi:

uy-joy mulkdorining (mulkdorlarining) turar joy maydoni berish to‘g‘risidagi arizasi (roziligi) yoxud notarial tasdiqlangan arizasi (roziligi), agar shaxsan o‘zi berish imkoni mavjud bo‘lmasa;

nikoh tuzilganligi yoki bolalar tug‘ilganligi to‘g‘risidagi guvohnomalarning, shuningdek, vasiylik yoki homiylikni tasdiqlaydigan hujjatlar (nusxalari olinib, asli qaytariladi);”;

to‘qqizinchi xatboshi quyidagi mazmundagi ikkinchi jumla bilan to‘ldiriladi:

“Fuqaro Davlat xavfsizlik xizmati, prokuratura, Ichki ishlar vazirligi yoki adliya organlariga ishga qabul qilingan yoki o‘tkazilgan taqdirda ishga qabul qilinayotgan shaxsni (xodimni) doimiy propiska qilish to‘g‘risidagi iltimosnoma (ishonchliligi kafolatlangan holda) ko‘rsatib o‘tilgan organlar rahbarlarining o‘rinbosarlari tomonidan ham imzolanishi mumkin;”;

quyidagi mazmundagi o‘ninchi va o‘n ikkinchi xatboshilar bilan to‘ldiriladi:

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 14 sentabrdagi PQ–694-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarini turar joy bilan ta'minlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq harbiy xizmatchi xizmat qilayotgan joydan berilgan turar joy olinganligi to‘g‘risidagi ma'lumotnoma;

Xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish to‘g‘risida iltimosnoma kiritishi mumkin bo‘lgan davlat hokimiyati organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlari ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.”.

16-bandda:

ikkinchi xatboshidagi “XChKvaFRBga” qisqartmasi “MvaFRBga” qisqartmasi bilan almashtiriladi;

oltinchi xatboshidan “notarial tasdiqlangan” degan so‘zlar chiqarib tashlanadi;

yettinchi – sakkizinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etiladi:

“uy-joy mulkdorining (mulkdorlarining) turar joy maydoni berish to‘g‘risidagi arizasi (roziligi) yoxud notarial tasdiqlangan arizasi (roziligi), agar shaxsan o‘zi berish imkoni mavjud bo‘lmasa;

nikoh tuzilganligi yoki bolalar tug‘ilganligi to‘g‘risidagi guvohnomalarning, shuningdek, vasiylik yoki homiylikni tasdiqlaydigan hujjatlar (nusxalari olinib, asli qaytariladi);”.

17-banddagi “(diplomning nusxasi olinib, asli qaytariladi)” so‘zlari “(diplomning notarial tasdiqlangan nusxasidan tashqari)” so‘zlari bilan va “XChKvaFRBga” qisqartmasi “MvaFRBga” qisqartmasi bilan almashtiriladi.

18-banddagi “XChKvaFRBga” qisqartmasi “MvaFRBga” qisqartmasi bilan va 19-banddagi “XChKvaFRB” qisqartmasi “MvaFRB” qisqartmasi bilan almashtiriladi.

20-band qo‘yidagi tahrirda bayon etiladi:

“20. Ro‘yxatning 2 (xotini yoki eri, o‘z oilasiga ega bo‘lmagan voyaga yetgan bolalar hamda er-xotinning birgalikdagi va (yoki) ilgarigi nikohidan tug‘ilgan yoxud nikohsiz tug‘ilgan voyaga yetmagan bolalar, shuningdek farzandlikka olingan bolalar bundan mustasno), 3, 5, 9 – 12-bandlariga muvofiq Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilingan fuqarolarning qarindoshlari Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinmaydi.”.

Quyidagi mazmundagi 20-1-band bilan to‘ldiriladi:

“20-1.Ro‘yxatning 9 – 12-bandlari bo‘yicha doimiy propiska qilingan fuqarolarning ular bilan bir vaqtda doimiy propiskani rasmiylashtirmagan oila a'zolarini (eri, xotini, shuningdek o‘z oilasi bo‘lmagan farzandlarini) Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga doimiy propiska qilish, turar joy maydoni mulkdorining (mulkdorlarining) roziligi bilan tegishli ravishda Ro‘yxatning 9 – 12-bandlari bo‘yicha amalga oshiriladi.”.

18. 21 va 22-bandlarning birinchi xatboshisi “hadya qilishni” degan so‘zlardan keyin “shuningdek Toshkent shahridagi turar joy yoxud turar joy bo‘lmagan bino shaklidagi ko‘chmas mulkni garovga (ipotekaga) qo‘yish, ko‘chmas mulkdan (ko‘chmas mulkning bir qismidan) voz kechish va ko‘chmas mulkni o‘zgaga berishning boshqa usullarini” degan so‘zlar bilan to‘ldiriladi.

19. Quyidagi mazmundagi 22-1 va 22-2-bandlar bilan to‘ldiriladi:

“22-1. Sud qarorlarini ijro etish tartibida turar joy yoxud turar joy bo‘lmagan bino shaklidagi ko‘chmas mol-mulkni kimoshdi savdolari orqali sotishga yoxud uni davlat ijrochisining naturadagi sotilmagan mol-mulkni o‘zida qoldirish to‘g‘risidagi taklifi bo‘yicha qarzni undiruvchiga – garovni saqlovchiga berish sotib oluvchi tomon tegishli ravishda Toshkent shahri yoki Toshkent viloyatida doimiy propiska qilingan jismoniy shaxs bo‘lsa yo‘l qo‘yiladi.

22-2. Ko‘chmas mol-mulkni oldi-sotdi bitimlarini notarial tasdiqlash

va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiskaga ega bo‘lmagan jismoniy shaxslar tomonidan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida qiymati eng kam oylik ish haqining 2500 baravaridan kam bo‘lmagan yangi qurilgan ko‘chmas mol-mulkni hisob-kitobni bank hisobvaraqlari orqali amalga oshirgan holda sotib olganda ham amalga oshiriladi.

Ushbu Yo‘riqnoma maqsadlari uchun yangi qurilgan ko‘chmas mol-mulk deganda mulk huquqi tuman (shahar) hokimining qurilishi tugallangan binoni va inshootni foydalanishga qabul qilish to‘g‘risidagi komissiya dalolatnomasini tasdiqlash haqidagi qarori asosida vujudga kelgan va uni qabul qilingan paytdan e'tiboran uch yil o‘tmagan mol-mulk tushuniladi”.

23-banddagi “XChKvaFRBga” qisqartmasi “MvaFRBga” qisqartmasi bilan almashtiriladi.

24-band quyidagi tahrirda bayon etiladi:

“24. Ro‘yxatning 2, 5, 9 – 11-bandlariga muvofiq Toshkent shahri yoki Toshkent viloyatida doimiy propiska qilingan fuqarolar doimiy propiska qilingan kundan boshlab uch yil o‘tgandan keyin turar joy sotib olgan taqdirda, ular va ular bilan birga Ro‘yxatning 2, 5, 9 – 11-bandlariga muvofiq Toshkent shahri yoki Toshkent viloyatida doimiy propiska qilingan fuqarolar ushbu turar joyga Ro‘yxatning 1-bandi bo‘yicha doimiy propiska qilinadi.”.

25-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi, 27-bandning ikkinchi xatboshisidagi, 29 – 30-bandlarning ikkinchi xatboshisidagi va 32-banddagi hamda 1, 3, 4 va 7-ilovalardagi “XChKvaFRB” va “XChKvaFRBga” qisqartmalari tegishlicha “MvaFRB” va “XChKvaFRBga” qisqartmalari bilan almashtiriladi.

30-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etiladi:

“Doimiy propiskani rasmiylashtirgan yoki bekor qilgan TShIIB MvaFRB haftasiga ikki marta jo‘nab ketish va kelish to‘g‘risidagi varaqlarni Toshkent shahar IIBB va Toshkent viloyati IIB Manzil ma'lumotlar byurolariga yuborib turishi shart.”.

Mavzuga oid