15:50 / 24.05.2018
13294
Reklama

Wonderland do‘konida bolalar kiyimlarining yangi to‘plami

Wonderland do‘koni bu — bolalarcha hashamat hududi. U 2011 yilda ochilgan bo‘lib, hozirgi kunda, bolalar modasidagi oxirgi yangiliklar, tan olingan klassika, nafislik va estetika olamida yo‘lboshchi bo‘lib kelmoqda.

Foto: Wonderland

Shu kunlarda Wonderland’ga Simonetta, Lanvin, Billionaire, Philipp Plein, Fendi va Moncler brendlarining yangi moda to‘plamlari keltirildi. Ularda farzandingiz uchun yozda kerak bo‘luvchi barcha narsa bor —yengil mato, benuqson sifat, qulaylik, chiroy, va har bir brendning tanilgan, nafis uslubi. Eng yaxshi matolar, ekskyuziv andozalar, nihoyatda boy tajriba: bularning barchasidan bolajoningiz uchun a'lo ko‘rinishni yaratish uchun foydalanamiz.

Bugunda bolalar garderobi borgan sari ko‘proq e'tibor talab etmoqda, va u xuddi ota-onalar garderobi kabi, nafis uslubda va bejirim bo‘lishi mumkin. Dizaynerlik liboslarini xarid qilar ekansiz, siz shak-shubhasiz, farzandingizga bolalar modasining eng yaxshisini hadya etasiz. Shu bilan birga, birinchi kunlardanoq unda go‘zallikka muhabbat ham uyg‘otasiz.

Foto: Wonderland

Wonderland butigida eng oxirgi urfdagi kiyim markalari, Dior, Gucci, Dolce&Gabbana, Balmain, Givenchy, Armani va boshqa ko‘p yetakchi brendlarning sara to‘plamlari taklif etilgan. Bu brendlar bolalar modasining haqiqiy yetakchilari bo‘lib, ularni bolalar kiyimlarini yaratishdagi o‘ziga xos yondashuv, boy tarix va an'analar boshqalardan ajratib turadi.

Yuqori modaning nomdor uylari bolalarning tashqi ko‘rinishi borasidagi ishlarni zimmalariga olar ekanlar, natija doim qoyilmaqom bo‘ladi, chunki, uni yaratishda, afsonaga aylangan uslubchilar qatnashadilar. Bolalar to‘plamlarida Mini-Me yo‘nalishi kun sayin ommalashib bormoqda. Bunda farzandingiz qiyofasi — sizning qiyofangiz kichik nusxasi bo‘ladi. Trendlar va matolar kattalar to‘plamlari bilan hamohang bo‘lib, modaning kichik shinavandalari ota-onalarining sevimli uslublari bilan bir xilda kiyinishlari mumkin.

Foto: Wonderland

Bolangiz dizaynerlik kiyimlarini kiyar ekan, siz unda yaxshi did va estetika hissini vujudga keltirasiz. Shu bilan birga, u nafaqat a'lo ko‘rinishga ega bo‘ladi, balki,muvofiq ravishda rivojlanadi ham.

Nega aynan Wonderland?

Wonderland butigida nafaqat to‘plamlar, balki xizmat ham lyuks darajada. Ko‘p yillik hamkorlik natijasida mustahkam do‘stona va professional munosabatlar o‘rnatilgan ko‘p sonli kiyim markalari va brendlar orasidan birini tanlab olish mijozlar uchun doim mushkul. Ziyrak va tajribali konsultantlar fason tanlashdan boshlab, kiyimni tozalash sirlarigacha bo‘lgan har qanday masalada sizga yordam beradilar. Bolalaringiz kiyimni kiyib ko‘rar ekanlar, siz yangi damlangan qahva yoki qaynoq choy ichib, orom olishingiz mumkin.

Foto: Wonderland

Wonderlandning doimiy mijozlari uchun, uyda kiyib ko‘rish xizmati yo‘lga qo‘yilgan. Xarid qilingan kiyim biroz kattaroq bo‘lsa, siz tikuvchi xizmatidan ham foydalanishingiz mumkin

Wonderland butigida kiyim sotib olar ekansiz, siz nafaqat sifatli xizmatni, balki bolalaringiz haqida g‘amxo‘rlikni ham olasiz. Har bir kichik mijoz uchun individual yondashuv va xizmat ko‘rsatishning yuqori darajasi Wonderland’ni boshqa butiklardan ajratib turadi.

Eng asosiysi — narxlar ko‘pgina onlayn do‘konlardagi kabi, va gohida, hatto arzonroq ham. Wonderland tug‘ilgandan boshlab, 16 yoshgacha bolalarga liboslar, oyoq kiyim va aksessuarlarni taklif etadi. Do‘konimizga keling, bu yerda farzandingiz o‘z takrorlanmas uslubini topadi. Butik har kuni soat 10 dan kechki 8 gacha, dam olish kunlari va bayramlarsiz ishlaydi.

Foto: Wonderland

Manzil: Shahrisabz ko‘ch., 10/3 (mo‘ljal: «Oybek» metro bekati, Angel's Food qarshisida).

Tel.: +99897 7153344, +99871 256-18-04

Reklama huquqi asosida

Top