Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh telekanali Rossiyaning S-500 majmualari muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazilganini ma'lum qildi
Rossiya maxfiy tarzda yangi avloddagi havo hujumiga qarshi majmua S-500’ning sinovini o‘tkazdi. Bu haqda AQSh razvedkasi dokladidan xabardor bo‘lgan CNBC telekanali ma'lum qildi.
Telekanalning ma'lum qilishicha, S-500 majmuasi 481 km uzoqlikdagi, ya'ni avvalgi sinovlardagidan 80 km uzoqroqdagi mo‘ljalni nishonga olgan.
“Rossiyaning ta'kidlashicha, ushbu zenit-raketa tizimi gipertovushli raketalar, uchar qurilmalar va dronlarni hamda F-22 va F-35 kabi jangovar samolyotlarni urib tushira oladi. S-500 Kremlning bir nechta mo‘ljallarga aniq zarba berish imkoniyatlarini kengaytiradi”, deb ta'kidlab o‘tgan telekanal.
S-500 “yer-havo” zenit-raketa tizimlarining yangi avlodiga tegishli bo‘lib, o‘zidan uzoq masofalarga mo‘ljallangan universal majmuani aks ettiradi va ballistik raketalarni urib tushira oladi. Bundan tashqari, S-500 yaqin koinotdagi, ya'ni Yerdan 100 km balanddagi obektlarni ham urib tushira oladi.
Mavzuga oid
08:58
Zelenskiy: G7 yordami bilan Rossiyani tinchlikka majbur qilamiz
09:55 / 24.06.2026
Putin: Yonilg‘i tanqisligi Ukrainadagi urushga ta’sir qilmaydi
08:45 / 24.06.2026
Sanksiyalar yumshatilishi Rossiya neft eksportiga turtki berdi
21:15 / 23.06.2026