Jamiyat | 21:31 / 25.05.2018
7704
3 daqiqa o‘qiladi

Ochiq sayyor sud: Jamoat xavfsizligiga tahdid solgan jinoyatchiga hukm o‘qildi

Foto: kun.uz

25 may kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tuman sudi 52-ixtisoslashtirilgan maktabi binosida ochiq sayyor sud majlisi tashkil etildi. A.Saidovning raisligida o‘tgan ochiq sayyor sud majlisida Saidov Dilshodbek Abduvaitovichga  nisbatan jinoyat ishi ko‘rildi. Shuningdek, xalq maslahatchilari R.Mirzayeva va S.Mallabayevalardan iborat tarkibda jamoatchilik vakillari ham bevosita sud jarayonida ishtirok etishdi. KUN.UZ muxbirining xabar berishicha, sudlanuvchi Jinoyat Kodeksining 2442-moddasi 1-qismi (Jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish) bo‘yicha ayblangan. 

Olib borilgan tezkor surishtiruv va tergov jarayonida D.Saidov ro‘yxatdan o‘tgan Toshkent shahrining Yashnobod tumani, Zarkent ko‘chasi, 28-uy va muqaddam yashagan Toshkent shahrining Yashnobod tumani, Zarkent ko‘chasi 64-uyda o‘tkazilgan tintuv jarayonida bir necha turdagi diniy mazmundagi adabiyotlar va CD disklar aniqlanib, xolislar ishtirokida rasmiylashtirib olinganligi aniqlandi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita ekspertlarining 19 iyun 2012 yildagi IV-200-sonli xulosasiga ko‘ra,  ushbu adabiyotlarni O‘zbekiston Respublikasi hududida tayyorlash, saqlash, tarqatish va sotish taqiqlanishi aniqlangan.

Sud D.Saidovga O‘zbekiston Respublikasi JK 242-moddasining 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda JKning 57-moddasini (Yengilroq jazo tayinlash) qo‘llagan holda 3 (uch)  yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. 

D.Saidovning zimmasiga jazoni o‘tash davrida quyidagi shartlar belgilandi: 

•  soat 21.00 dan 06.00 ga qadar yashash joyini tark etmaslik;
•  nazorat qiluvchi organning roziligisiz yashash joyini o‘zgartirmaslik;
•  ommaviy va boshqa tadbirlar o‘tkazishda ishtirok etmaslik.

Hukmdan norozi taraflarga hukm e'lon qilingandan so‘ng 10 kun ichida appelyatsiya, 10 kundan keyin esa kassatsiya tartibida protest yoki shikoyat keltirishlari mumkinligi ko‘rsatilib o‘tildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid