O‘zbekiston | 15:33 / 25.05.2018
7198
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiya kompaniyasi O‘zbekiston agrosektorini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqadi

Foto: Sputnik

Rossiyaning Strategy Partners Group konsalting kompaniyasi dekabr oyi oxiriga qadar O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini 2030 yilga qadar rivojlantirish strategiyasini tayyorlaydi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasida aytilgan.

«O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi manfaatdor vazirliklar, idoralar va «Stratedji Partners Grupp» kompaniyasi bilan birgalikda 2018 yil 31 dekabrgacha «O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini 2030 yilgacha rivojlantirish strategiyasini» ishlab chiqsin va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin», - deyiladi hujjat matnida.

Qaror loyihasiga ko‘ra, Strategy Partners Group O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi tomonidan strategiyani ishlab chiqishga jalb etilgan.

Kompaniya Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda 2030 yilgacha O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqdi, uning asosida kelgusi 12 yilda agrosektorni rivojlantirish strategiyasi loyihasi ishlab chiqiladi.

Konseptsiya, xususan, eksportni hajmlarini oshirish, oziq-ovqat va ekologik xavfsizlikni ta'minlash, aholi jon boshiga daromad va qishloq aholisining turmush darajasini oshirish, shuningdek, sanoat sohasida davlat boshqaruvining samaradorligini ko‘tarishni nazarda tutadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid