Jahon | 22:10 / 25.05.2018
24179
2 daqiqa o‘qiladi

Ukrainada Malayziya laynerini urib tushirgan raketa Rossiyaga tegishli bo‘lmagan – Putin

Foto: RIA Novosti / Maksim Blinov

Ukraina sharqida Malayziya aviakompaniyasiga tegishli Boeing yo‘lovchi samolyotini urib tushirgan raketa Rossiyaga tegishli bo‘lmagan. Bu haqda Rossiya prezident Vladimir Putin aytdi.  

“Albatta, yo‘q. Bu fojianing bir nechta versiyasi bor, jumladan bu raketa Ukraina armiyasiniki bo‘lgani, samolyot va shu kabilar”, deb javob qilgan Putin “Yo‘lovchi samolyot urib tushirilgan raketa Rossiyaga tegishli bo‘lganmi?” degan savolga.

24 may kuni xalqaro tergov guruhi MN17 reysini bajargan samolyotning qulashi bo‘yicha oraliq natijalarni taqdim qildi. Tergovning ta'kidlashicha, samolyot Rossiya qurolli kuchlarining 53-zenit-raketa brigadasiga tegishli “Buk” majmuasidan urib tushirilgan.

 “Bu fojianing bir necha versiyasi mavjud, biroq hech kim ularni hisobga olmayapti. Shu sababli, agar to‘laqonli tergov bo‘lmasa, unda bizning ishtirokimizsiz ishlayotgan komissiyaning xulosalarini qabul qilishimiz juda qiyin bo‘ladi”, deb aytgan Putin.

Rossiyaning ta'kidlashicha, Rossiyaning samolyotning halokatga uchrashiga aloqadorligi balandparvoz gaplardir, tergov esa noxolis va bir tomonlama olib borilmoqda.  Putinning aytishicha, Moskva tergovda ishtirok etsagina, uning natijalarini tan oladi. Rossiya prezidentining ta'kidlashicha, u boshidan tergov bo‘yicha birgalikda ishlashni taklif qilgan, biroq bu jarayonga qo‘yilmagan. Shu bilan birga Ukraina jangovar harakatlar borgan hudud ustidagi havo hududini yopmaganiga qaramay bu tergovda ishtirok etmoqda, deb qo‘shimcha qilgan Putin.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid