Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Suriya hukumati keskinlikdan xoli hududda amaliyot rejalashtirganini ma'lum qildi
AQSh Suriya hukumati mamlakat janubi-g‘arbidagi keskinlikdagi xoli hududda amaliyot o‘tkazishni rejalashtirayotgani haqidagi xabarlardan tashvishda. Bu haqda Davlat departamenti rasmiy vakili Xizer Nauertning bayonotida aytilada.
«AQSh Suriya prezidenti Bashar Asad rejimi Suriya janubi-g‘arbida, keskinlikdan xoli hudud chegaralarida amaliyot o‘tkazishga tayyorlanayotgani haqidagi xabarlardan tashvishda. Bu haqda AQSh, Iordaniya va Rossiya o‘tgan yili bir qarorga kelgandi», - deyiladi bayonotda.
Davlat departamentidan ma'lum qilishlaricha, Suriya hukumatini mojaroni kengaytirishi yoki o‘t ochishni to‘xtatish rejimiga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan istalgan harakatlardan tiyilishga chaqirishadi.
«AQSh bu keskinlikdan xoli hududning Rossiya va Iordaniya bilan kafolatchisi bo‘lgani holda, Asad rejimi tomonidan buzilishlar ro‘y bersa, qat'iy hamda tegishli choralarni ko‘radi», - deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh koalitsiyasi «Hizbulloh»ning Suriyadagi pozitsiyalariga zarba bergandi.
Mavzuga oid
09:02 / 20.06.2026
Netanyahu Trampga bosim o‘tkazishi mumkin - AQSh razvedkasi
22:39 / 19.06.2026
Tushunarsiz kelishuv: Tehron uni «Amerika ustidan g‘alaba» deb talqin qilmoqda
21:38 / 19.06.2026
AQSh va Eron o‘rtasida Shveytsariyadagi muzokaralar o‘tkazilmaydigan bo‘ldi
20:51 / 19.06.2026