Jahon | 11:33 / 26.05.2018
3652
1 daqiqa o‘qiladi

Braziliyada uzoqqa qatnaydigan haydovchilar ish tashlashi tufayli 100dan ortiq aviareys bekor qilindi

Foto: G1 - Globo.com

Braziliyada uzoqqa qatnaydigan haydovchilarning ish tashlashi tufayli 115dan ortiq aviareys kechiktirildi yoki bekor qilindi. Bu haqda El Globo xabar bermoqda.

Aeroportlar ishidagi buzilishga aviatsiya kerosinining taqchilligi sabab bo‘lgan, bu holat ish tashlash boshlanganidan so‘ng yuz berdi. Haydovchilar o‘z furalari bilan bir nechta muhim magistraldagi harakatni to‘sib qo‘yishgan.

Ta'kidlanishicha, uzoqqa qatnaydigan haydovchilar dizel yoqilg‘isiga tariflar oshganidan norozi bo‘lmoqda.

Amazonas shtatining qator tumanlarida yoqilg‘i yetishmovchiligi tufayli favqulodda holat e'lon qilindi, oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berishda uzilishlar kuzatilmoqda, maktablar yopilgan.

Shaharlarga muhim tovarlar harbiy politsiya hamrohligida yuk mashinalarida yetkazib berilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid