17:40 / 26.05.2018
5656

Poroshenko UYeFA prezidentini Donbassga taklif qildi

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Kiyevdagi uchrashuv chog‘ida UYeFA prezidenti Aleksander Cheferinaga Donbassga tashrif buyurish taklifi bilan chiqdi.

«Pyotr Poroshenko Aleksander Cheferinaga Ukrainaning Donbassidagi shaharlardan biriga yaxshi niyat elchisi sifatida tashrif buyurishni taklif qildi», - deyiladi Ukraina prezidenti saytidagi xabarda.

Foto: Ukraina prezidentining sayti
Foto: Ukraina prezidentining sayti
Foto: Ukraina prezidentining sayti

Shuningdek, uning ta'kidlashicha, Chempionlar ligasi finalining Kiyevda o‘tkazilishi Ukrainaga xalqaro hamjamiyat ishonayotgani dalilidir.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kiyevda bugun tartibni saqlashga 10 ming politsiyachi jalb etilishi xabar berilgandi.

Top