19:18 / 27.05.2018
5017

Prezident islohotlariga qarshi bo‘lgan 43 nafar namoyishchi Parijda qo‘lga olindi

Parij politsiya xodimlari 26 may kuni poytaxt ko‘chalarida avj olgan ommaviy norozilik namoyishini tugatish uchun 40dan ortiq namoyishchilarni qo‘lga olgani aytilmoqda. Bu haqda mamlakat IIV Jyerar Kolon Tvitterdagi sahifasida ma'lum qilgan.

Foto: Twitter /gerardcollomb

«43 kishi qo‘lga olindi, shundan 36 nafari tartibsizlikni keltirib chiqargani, sovuq qurolni ruxsatsiz jamoat joyida o‘zi bilan olib yurgani uchun qamoqqa olingan», deb yozadi vazir.

Shuningdek, Kolon ommaviy tartibsizliklarni darhol bartaraf etib, tinch namoyishlar o‘tkazib berishga sharoit yaratgan politsiyachilarga o‘z minnatdorligini bildirgan. 

Eslatib o‘tamiz, amaldagi prezident Makron olib borayotgan islohotlarga qarshi chiqqan xalq hafta yakunida mamlakatning barcha shaharlarida namoyishlarni to‘lqinlantirdi. Butunmehnat konfederatsiyasi tarqatgan axborotga ko‘ra, mitinglarda 250 ming kishi ishtirok etmoqda. Shulardan 80 ming nafari poytaxtda faollashgan.

Mavzuga oid
Top