Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qatar 4 ta arab davlatidan mahsulotlar olib kirilishini taqiqlab qo‘ydi
Foto: RIA "Novosti"
Bir qator arab davlatlari Qatar bilan diplomatik munosabatlarni uzganidan deyarli bir yil o‘tib, Doha javob choralari ko‘rishga o‘tdi. Ularga ko‘ra, Qatar Bahrayn, Misr, BAA va Saudiya Arabistonidan mahsulotlar olib kirilishini taqiqlab qo‘ydi. Bu haqda Qatarning The National nashri ma'lum qildi.
Taqiqlovga ko‘ra, ushbu davlatlarning Qatar do‘konlarida sotuvda bo‘lgan mahsulotlari zudlik bilan sotuvdan olinishi kerak, istalgan qoidabuzarlik va e'tiborsizlik nazorat idoralari tomonidan kuzatib boriladi. Shuningdek, sanksiyaga tushgan mahsulotlarning boshqa davlatlar tomonidan yetkazib berilishi holatlari oldi olinadi.
Qatarda embargoga qaramasdan, oxirgi vaqtgacha Misr va Saudiya Arabistonidan mahsulotlarni topish mumkin edi. Ular amirlikka Kuvayt va Ummon orqali yetkazilgan.
Qatar hukumati bu choralarni “o‘z mahsulotlarini qo‘llab-quvvatlash” va “xaridorlar xavfsizligi” maqsadida ko‘rganini tushuntirgan. Shu bilan birga Qatar Eron, Turkiya va Marokash bilan iqtisodiy munosabatlarni faollashtirmoqda.
Mavzuga oid
07:33 / 17.04.2026
Saudiyaning bir kilometrlik minorasi qurilishi 100-qavatga yetdi
22:30 / 16.04.2026
Saudiya, BAA, Misr. Eron urushiga uch xil yondashuv
23:09 / 15.04.2026
Saudiya Arabistonida Haj mavsumiga tayyorgarlik boshlandi. Nimalarni bilish kerak?
15:25 / 14.04.2026