Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qoraqalpog‘iston va Xorazmga uchgan tuz «Orol» dengizida paydo bo‘lgan
Foto: KUN.UZ
Joriy yilning 27-28 may kunlari O‘zbekistonning shimol-g‘arbiy hududlarida Rossiyaning Yevropa tomonlaridan kirib kelgan sovuq havo oqimi qator noqulayliklarni paydo qildi.
Havo haroratining keskin o‘zgarishi va ayrim hududlarga sovuq havo oqimining kirib kelishi O‘zbekiston Respublikasining shimol-g‘arbiy tomonlarida kuchli shamolni keltirib chiqardi.
O‘zgidrometeorologiya xizmatining Kun.uz'ga ma'lum qilishicha, shamol tezligi 17-22 m/s, ayrim hududlarda soniyasiga 27 metrgacha kuchaydi.

Shulardan, o‘tgan ikki kun davomida eng noqulay ob-havo sharoiti Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida aniqlandi. Ushbu hududlarda 25 apreldan buyon kuzatilgan yog‘ingarchiliksiz kunlar ketidan kuchli shamolning paydo bo‘lishi, shimoldan qum va changni (ayrim joylarda tuz changlari) olib keldi.
O‘zgidrometeorologiya xizmatining ta'kidlashicha, Xorazm viloyatida kuzatilgan shamol bo‘roni bilan uchib kelgan tuz changlari «Orol dengizining qurib qolgan qismidagi kuchli sho‘rlangan yerda» paydo bo‘lgan.


O‘zA tarqatgan ma'lumotga ko‘ra, Nukus shahridagi kuzatish maydonida havodagi changning miqdori 0,50 PDKni tashkil qilib, bu me'yordan 3 karra ko‘p ekanligini ko‘rsatadi. Bu kabi holat Qoraqalpog‘istondan tashqari, Xorazm viloyatida ham kuzatilgan.
Shuningdek, ushbu tuz-qum bo‘roni qo‘shni Turkmaniston Respublikasi Dasho‘g‘uz viloyatida ham kuzatilgan. Mahalliy matbuotning ta'kidlashicha, tuz-qum bo‘roni «Orol» tomondan keldi.
Ushbu tuz-qum bo‘ronining odamlar salomatligiga ta'siri yoxud qishloq xo‘jaligi hamda atrof-muhitga yetkazgan zarari haqida rasmiy ma'lumot berilmagan.







Mavzuga oid
13:33 / 27.11.2025
Xorazmda tibbiyot birlashmalari 160 ming iste’molchidan asossiz mablag‘ olgani aniqlandi
15:01 / 10.11.2025
Toshkent shahri va Xorazmda tadbirkorlik zichligi eng yuqori
11:00 / 08.11.2025
Xorazmda virusli dastur orqali fuqarolar pulini o‘g‘irlab kelgan guruh qo‘lga olindi
17:21 / 18.10.2025