Jamiyat | 10:51 / 28.05.2018
7611
1 daqiqa o‘qiladi

Milliy universitetga o‘qishga kiritib qo‘yishni va'da qilgan shaxs qo‘lga olindi - Bosh prokuratura

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi xodimlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazildi. Bu haqda mahkama matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, tekshiruv davomida fuqaro B. o‘zini Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti tabiiy fanlar fakulteti o‘qituvchisi vazifasida ishlashini aytib, fuqaro F.ning ishonchiga kirib, uni aldab, o‘g‘li B.ni O‘zbekiston milliy universitetiga yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali o‘qishga kiritib qo‘yishni va'da qilib, 6000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro B.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq tibbiyot kollejiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va'da qilib, 1500 dollar olgan shaxs ushlangandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid