Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Vaqf» xayriya jamoat fondiga Payme to‘lov tizimi orqali pul o‘tkazish imkoniyati yaratildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 16 apreldagi “Diniy-ma'rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5416-son Farmoni bo‘yicha tashkil etilgan «Vaqf» xayriya jamoat fondiga Payme to‘lov tizimi orqali pul o‘tkazish imkoniyati yaratildi. Bu haqda KUN.UZ’ga fond matbuot xizmati xabar bermoqda.
«Vaqf» xayriya jamoat fondi xalqimizga qulaylik yaratish maqsadida, Payme to‘lov tizimi orqali xayriya qilish imkonini taqdim qiladi. Siz Payme orqali xayriya, zakot fitr, ushr yoki vaqf uchun mablag‘ o‘tkazishingiz mumkin. Shuni alohida qayd etishni istardik-ki, yuqorida zikr qilingan xayriya turlarining har biriga alohida-alohida hisob-raqam ochilgan bo‘lib, kelib tushgan mablag‘lar shariat ko‘rsatmasida aytilgan o‘rinlarga yetkazilishi ta'minlanadi.
Fondga kelib tushgan mablag‘lar masjidlar va diniy ta'lim muassasalarining binolarini qurish, ta'mirlash, rekonstruksiya qilish, diniy ta'lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, tadqiqotchilari, mutaxassislari va o‘quvchi-talabalarini moddiy va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari, shu jumladan, imkoniyati cheklangan shaxslarni moddiy va ma'naviy qo‘llab-quvvatlash kabi bir qator ishlar uchun sarflanadi.
Pul o‘tkazmasini amalga oshirish uchun Payme ilovasidan «Xizmatga to‘lov» tugmasi bosiladi.

So‘ngra «Xayriya» bo‘limidan «Vaqf» xayriya jamoat fondi belgilanadi.

To‘lov turlaridan biri tanlanadi

Kerakli summa kiritiladi

«Oldinga» tugmasini bosish orqali to‘lov tasdiqlanadi
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi «Vaqf» xayriya jamoat fondi Adliya vazirligi tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan bo‘lib, fondga hozirgi kunda «Novza» masjidining imom-xatibi Jaloliddin Hamroqulov rahbarlik qiladi.
Mavzuga oid
17:00 / 09.12.2025
Ma’noli sovg‘alar ulashing: payme Yangi yil arafasida ayollar biznesini qo‘llab-quvvatlashga chorlamoqda
19:00 / 19.02.2025
Payme’da shaxsni tasdiqlash: bu nima uchun kerak va qanday o‘tish mumkin?
14:43 / 30.01.2025
Onlayn to‘lov tizimlari bozorida Payme ustun mavqega ega deb topildi
12:00 / 18.07.2024