Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShning Michigan shtati universiteti O‘zbekistondagi yana bir institut bilan memorandum imzoladi
Joriy yilning 23 may kuni AQShning Michigan shtati universitetining vitse-prezidenti Stiven Xenson boshchiligidagi delegatsiya (Norman Grexem, Shon Lauri, Timur Kochaoglu) Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutiga tashrif buyurdi.
Institutning kirish joyidayoq delegatsiya ochiq chehra bilan kutib olindi. So‘ngra videokonferensiya zaliga taklif etilishdi. Institutning o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori B.S.Mirzayev uchrashuvni boshqarib bordi. Professor A. Salohiddinov institutning faoliyati va tajribalari to‘g‘risida taqdimotni havola etdi. So‘ngra Michigan shtati universitetining vitse-prezidenti Stiven Xenson o‘zi rahbarlik qilayotgan ta'lim muassasasi tarkibi, ilmiy-o‘quv jarayon va xalqaro aloqalar xususida ma'lumotlar berib o‘tdi. Taqdimotdan so‘ng savol–javob va muzokaralar boshlandi.
So‘ngra delegatsiya a'zolari institut qoshidagi International House akademik litseyi faoliyati bilan tanishishdi. Mehmonlar institut kafedralariga tegishli bo‘lgan laboratoriyalarni borib ko‘rishdi.
Bundan tashqari, professor A. Po‘latov institutning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha taqdimot qildi. Tadbir yakunida MShU va TIQXMMI o‘rtasidagi tuzilgan memorandum muhokamaga qo‘yildi va har ikkala tomonning kelishuvi hamda roziligiga muvofiq imzolandi.
Mavzuga oid
09:40 / 24.06.2026
AQSh Senati Eronga qarshi urushni tugatish tarafdori
09:10 / 24.06.2026
AQSh Kubaga nisbatan sanksion bosimni kuchaytirmoqda
22:21 / 23.06.2026
Tramp Eronning muzlatilgan mablag‘lari faqat oziq-ovqat va dori-darmonga sarflanishini aytdi
09:45 / 23.06.2026