Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AKTni rivojlantirish jamg‘armasi kengashi tarkibi tasdiqlandi
Foto: Pixabay
Vazirlar Mahkamasining qarori bilan hukumatning “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasini yanada rivojlantirish va uning mablag‘laridan samarali foydalanish to‘g‘risida” 2012 yil 19 dekabrdagi 356-son qaroriga o‘zgartirishlar kiritildi.
Vazirlar Mahkamasining “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasini yanada rivojlantirish va uning mablag‘laridan samarali foydalanish to‘g‘risida” 2012 yil 19 dekabrdagi 356-son qaroriga kiritilayotgan o‘zgartirishlar:
1. 1-ilovaning 15-bandida:
a) birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilindi:
“Jamg‘arma Kengashi Jamg‘armani boshqarishning yuqori organi hisoblanadi”;
b) uchinchi xatboshidagi “vazirining o‘rinbosari” so‘zlari “vaziri” so‘zi bilan almashtirildi.
2. 3-ilova quyidagi tahrirda bayon qilindi:
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi Kengashi tarkibi
Ahmedxo‘jayev A.I. - Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini
rivojlantirish vaziri, Jamg‘arma Kengashi raisi
lavozimiga ko‘ra - Davlat soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari
Pak V.Yu. - moliya vazirining o‘rinbosari
Islamova G.M. - O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktorining o‘rinbosari (kelishuv bo‘yicha)
Iskandarov Sh.N - AT “Aloqabank” boshqaruvi raisining o‘rinbosari
Mavzuga oid
21:46 / 31.12.2025
Ijtimoiy soha muassasalarini qurish va ta’mirlash jamg‘armasi tashkil etiladi
08:36 / 27.12.2025
Hukumat zaxira jamg‘armasi va maqsadli jamg‘armalar transfertlari qayta belgilanadi
09:07 / 11.12.2025
Qishloq xo‘jaligini sug‘urta qilish yangi jamg‘arma orqali amalga oshiriladi
18:08 / 22.11.2025