Jamiyat | 21:48 / 29.05.2018
14429
3 daqiqa o‘qiladi

Buxoroda qamoqdagi shaxs boshqa qamalgan kishini pul evaziga jazodan ozod etmoqchi bo‘ldi

Buxoroda jazo muddatini o‘tayotgan shaxs ozodlikdan mahrum qilingan boshqa bir fuqaroni muddatidan oldin ozodlikka chiqarishni va'da qilib, mahkumning xotinidan 2 ming 800 AQSh dollarini olib, yana takroran firibgarlik jinoyatini sodir qilganligi aniqlandi.

Buxoro viloyat IIB matbuot xizmati tarqatgan xabarga ko‘ra, Peshko‘ tumani, Navbahor MFY, Navbahor qishlog‘ida yashovchi N. Sh.ning arizasiga asosan olib borilgan tezkor-tadbirlar davomida, 2018 yilning yanvar oyidan 15 fevral kuniga bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma'lum shaxs N.Sh.ning telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, o‘zini Navoiy viloyatida yashovchi, 1982 yilda tug‘ilgan A. U. deb tanishtirgan.

Qizig‘i shundaki, unga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” va “v” bandlari, 209-moddasi 2-qismi “a” va “b” bandlarida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir qilganligi uchun 6 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan bo‘lgan.

Ayni chog‘da, A.U. Namangan viloyati, Pop tumanida joylashgan UYa 64/32-sonli jazoni ijro etish muassasasida jazoni o‘tayotgan N.Sh.ning turmush o‘rtog‘i R. R.ni belgilangan muddatidan ilgari ozodlikka chiqarishni va'da qilib, jami 2800 AQSh dollari miqdoridagi pulni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlandi.

Olib borilgan surishtiruvlar jarayonida ushbu jinoyatni Buxoro tumani, Istiqlol MFY, Quyikobdin ko‘chasida yashovchi, 1993 yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 165-moddasi 2-qismi, 168-moddasi 2-qismi bilan sudlanib, hozirgi kunda Kogon tumani 64/85-sonli jazoni ijro etish muassasasida jazo o‘tayotgan T. J. sodir qilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan T.J.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 2-qismi «a» bandi bilan yana jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.​

Mavzuga oid