Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga narxni dunyo bozoriga qarab belgilash kerak» - prezident
29 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida eksport-import, mahalliy byudjyetga qo‘shimcha tushumlarni ta'minlash, qishloq xo‘jaligida g‘o‘za parvarishi, g‘alla o‘rimi, takroriy ekinlar va suvdan oqilona foydalanish kabi muhim tadbirlarni samarali o‘tkazish bilan bog‘liq bugungi kunda g‘oyat dolzarb bo‘lib turgan masalalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
«Qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga narxni dunyo bozori standartlariga qarab belgilash kerak. Eksport bo‘yicha shuncha to‘siqlarni olib tashladik. Lekin, menga valyuta kerak.
Bosh prokuratura nega eksport bilan shug‘ullanmoqda? Mahsulotni arzon narxda sotgan tashkilot ham javob beradi, arqonni uzoq tashlab qo‘yganmiz. U zamonlar o‘tib bo‘ldi, baribir bojxonadan menga har kuni ma'lumot keladi. Yil yakuni bo‘yicha hammasini joyiga qo‘yamiz. Biz odamlarni boy qilishimiz kerak. Dunyo bozoriga ma'qul narxda sotish lozim, o‘zbek dehqonining kosasini oqartirishimiz kerak. Eksport qilish bo‘yicha strategiyamiz bor, lekin taktikani o‘zgartirish kerak.
Qoraqalpog‘iston va Xorazmdan odam olib kelib, Jizzax va Sirdaryoda sholi ektiramiz, chunki bu odamlarga kerak», - deya prezidentning so‘zlarini keltirgan Kun.uz muxbiri.
Mavzuga oid
17:40 / 27.01.2026
Toshkentda xavfsiz muhitni yaratish bo‘yicha «poytaxt namunasi» joriy etiladi
16:33 / 27.01.2026
«Narkotik uchun oyiga o‘rtacha 20−25 mln so‘m sarflayapti» – prezident yoshlar orasidagi giyohvandlik muammosi haqida
13:38 / 27.01.2026
Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Zufar Qurbonov tanqidga uchradi
13:20 / 27.01.2026