O‘zbekiston | 16:02 / 29.05.2018
17002
7 daqiqa o‘qiladi

Hukumatning ayrim qarorlariga o‘zgartirish kiritildi

Foto: KUN.UZ

Vazirlar Mahkamasining qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish kiritildi.

O‘zbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar:

Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 6 iyuldagi 318-son qarori bilan tasdiqlangan Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibi to‘g‘risidagi Nizomda (O‘zbekiston Respublikasi QT. 2004 y., 7-son, 63-modda.):

a) 3-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilaridagi «gigiyenik sertifikat» so‘zlari «sanitariya-epidemiologik xulosa» so‘zlari bilan almashtirildi;

b) II-bo‘limning nomi quyidagi tahrirda bayon etildi:

«II. Sanitariya-epidemiologik, veterinariya va fitosanitariya xulosalarini rasmiylashtirish va berish tartibi»;

v) 6-banddagi «Gigiyenik» so‘zlari tegishli ravishda «Sanitariya-epidemiologik» so‘zlari bilan almashtirildi;

g) 7-bandning birinchi va uchinchi xatboshilaridagi «gigiyenik sertifikat» so‘zlari «sanitariya-epidemiologik xulosa» so‘zlari bilan almashtirildi;

d) 8-band quyidagi tahrirda bayon etiladi:

«8. O‘zbekiston Respublikasi ilgari ishlab chiqarilmagan va ilk bor olib kelingan oziq-ovqat qo‘shimchalari, maxsus joriy etiladigan biologik aktiv moddalar yoki oziq-ovqat xomashyosi va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish texnologiyalarini qo‘llash bilan bog‘liq ishlab chiqarishni tashkil etishda yoxud mahsulotlarni chetdan keltirishda ariza beruvchi tegishli ruxsatnomani olish uchun O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga murojaat qiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi ruxsatnomani uch ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatda beradi. Laboratoriya tadqiqotlarini o‘tkazish xarajatlarini qoplash uchun O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadigan tariflar bo‘yicha to‘lov undiriladi».

ye) 11-banddagi «gigiyenik sertifikat» so‘zlari «sanitariya-epidemiologik xulosa» so‘zlari bilan almashtirildi;

j) 12-band quyidagi tahrirda bayon etildi:

«12. Laboratoriya tadqiqotlarini o‘tkazish, sanitariya-epidemiologik xulosasini rasmiylashtirish va berish xarajatlarini qoplash uchun davlat sanitariya epidemiologiya nazorati organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadigan tariflar bo‘yicha to‘lov undiriladi»;

z) 14-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi «Gigiyenik sertifikat» so‘zlari tegishli ravishda «Sanitariya-epidemiologik xulosa» so‘zlari bilan almashtirildi;

i) 15-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi «Gigiyenik sertifikat» va «gigiyenik sertifikatlashtirish» so‘zlari mos ravishda «Sanitariya-epidemiologik xulosa» va «sanitariya-epidemiologik ekspertiza» so‘zlari bilan almashtirildi;

k) 16-bandning birinchi va uchinchi xatboshilaridagi «gigiyenik sertifikat» so‘zlari «sanitariya-epidemiologik xulosa» so‘zlari bilan almashtirildi;

l) 19-bandning to‘rtinchi va yettinchi xatboshilaridagi «gigiyenik sertifikat» so‘zlari «sanitariya-epidemiologik xulosa» so‘zlari bilan almashtirildi;

m) 21-bandning birinchi xatboshilaridagi «gigiyenik sertifikat» so‘zlari «sanitariya-epidemiologik xulosa» so‘zlari bilan almashtirildi;

n) 24-bandning uchinchi xatboshilaridagi «gigiyenik sertifikat» so‘zlari «sanitariya-epidemiologik xulosa» so‘zlari bilan almashtirildi;

o) Nizomga ilovada:

2-banddagi «gigiyenik xulosa» so‘zlari «sanitariya-epidemiologik xulosa» so‘zlari bilan almashtirildi;

Izohlarda:

1-bandning birinchi xatboshidagi «gigiyenik xulosa» so‘zlari «sanitariya-epidemiologik xulosa» so‘zlari bilan almashtirildi;

2-banddagi «gigiyenik xulosa» so‘zlari «sanitariya-epidemiologik xulosa» so‘zlari bilan almashtirildi;

5-banddagi «gigiyenik xulosa» so‘zlari «sanitariya-epidemiologik xulosa» so‘zlari bilan almashtirildi.

Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 30 dekabrdagi 285-son qarori bilan tasdiqlangan Etil spirti va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomning (O‘zbekiston Respublikasi QT. 2005 y., 12-son, 68-modda):

a) 9-bandning «d» kichik bandidagi «gigiyena sertifikatiga» so‘zlari «sanitariya-epidemiologik xulosasiga» so‘zlari bilan almashtirildi;

b) 11-bandning sakkizinchi xatboshidagi «gigiyena sertifikatlari» so‘zlari «sanitariya-epidemiologik xulosalar» so‘zlari bilan almashtirildi;

Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 7 sentabrdagi 190-son qarori bilan tasdiqlangan (O‘zbekiston Respublikasi QT. 2006 y., 36-son, 362-modda) Tamaki xom ashyosini fermentlash va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risida nizomning 9-bandi yettinchi xatboshidagi «gigiyena sertifikatlari» so‘zlari «sanitariya-epidemiologik xulosalar» so‘zlari bilan almashtirildi;

Vazirlar Mahkamasining «Eksport operatsiyalarini «bir darcha» tamoyili bo‘yicha amalga oshirish mexanizmini bosqichma-bosqich joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2011 yil 17 noyabrdagi 305-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT. 2011 y., 45-46-son, 478-modda):

a) 3-banddagi «gigiyena sertifikatlari» so‘zlari «sanitariya-epidemiologik xulosalar» so‘zlari bilan almashtirildi;

b) 1-ilovada:

1-bandning birinchi xatboshidagi «gigiyena sertifikatlari» so‘zlari «sanitariya-epidemiologik xulosalar» so‘zlari bilan almashtirildi;

2-bandning ikkinchi xatboshidagi «gigiyena sertifikatlari» so‘zlari «sanitariya-epidemiologik xulosalar» so‘zlari bilan almashtirildi;

6-bandning «g» kichik bandidagi «gigiyena sertifikati» so‘zlari «sanitariya-epidemiologik xulosa» so‘zlari bilan almashtirildi;

v) 2-ilovaning 7-bandidagi «gigiyena sertifikati» so‘zlari «sanitariya-epidemiologik xulosa» so‘zlari bilan almashtirildi.

Vazirlar Mahkamasining «Tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirish bilan bog‘liq tartibotlarni liberallashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» 2012 yil 30 dekabrdagi 379-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT. 2012 y., 12-son, 96-modda ):

a) 3-band quyidagi tahrirda bayon etiladi:

«3. Sanitariya-epidemiologik xulosaga mos keladigan tovarlar ro‘yxati 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin»;

Mavzuga oid