Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiya taraqqiyot agentligi 150 mln yevro hajmida moliyaviy ko‘mak ko‘rsatishga tayyor
Foto: Moliya vazirligi axborot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi hamda Fransiya Respublikasi o‘rtasidagi moliyaviy-iqtisodiy va sarmoyaviy aloqalarni mustahkamlash kelishuviga erishish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining birinchi o‘rinbosari Ahadbek Haydarovning Fransiya taraqqiyot agentligining (FTA) Osiyo yo‘nalishi bo‘yicha direktor o‘rinbosari Jan-Klod Pires boshchiligidagi delegatsiya a'zolari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.
Uchrashuv FTA va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining davlat moliyasini boshqarish sohasidagi byudjyetni qo‘llab-quvvatlash dasturini amalga oshirish bo‘yicha hamkorlik masalalari, hamda FTA tomonidan mamlakat chorvachilik sohasini rivojlantirish bo‘yicha loyihalarni moliyalashtirish, Toshkent shahrining isitish tizimini modernizatsiya qilish, quyosh fotoelektrik stansiyasining qurilishi va «Chorvoq» erkin turistik zonasini tashkil etish kabi masalalarni muhokamasiga bag‘ishlandi.
Ushbu uchrashuv davomida isitish tizimi boshqaruvini modernizatsiya qilish, samarali tarif siyosatini amalga oshirish, shuningdek, davlat-xususiy sektorni isitish tizimiga davlat-xususiy hamkorligini amalga oshirish masalalarining muhimliligi va dolzarbligiga alohida urg‘u berib o‘tildi.
FTA vakillari tomonidan mamlakatda amalga oshirilib borilayotgan iqtisodiy islohotlarga ijobiy fikr bildirilganligini inobatga olgan holda, byudjyetni qo‘llab-quvvatlash dasturini amalga oshirish bo‘yicha keyingi qadamlar belgilab olindi. Agentlik tomonidan Jahon bankining «Taraqqiyot maqsadlari uchun operatsiyalar» loyihasi bilan birgalikda 2019 yildan boshlab keyingi yillar uchun qo‘shimcha moliyalashtirish imkoniyatini ko‘zda tutgan holda 150 million yevro hajmida moliyaviy ko‘mak ko‘rsatishga tayyorligi ifoda etildi.
Fransiya taraqqiyot agentligi (FTA) energetika, sog‘liqni saqlash, bioxilma-xillik, raqamli texnologiyalar va kadrlarning kasbiy malakalarini oshirish yo‘nalishlari bo‘yicha 108 mamlakatda 2500dan ortiq loyihalarini barqaror rivojlantirishda yordam berish uchun faoliyatni amalga oshiradi.
Mavzuga oid
22:07 / 09.01.2026
Fransiya NATO a’zoligidan chiqishi mumkin
19:07 / 08.01.2026
Britaniya va Fransiya tinchlik shartnomasidan keyin Ukrainaga 15 minggacha askar yuborishni rejalashtirmoqda
12:53 / 07.01.2026
Kiyev ittifoqchilari Ukrainaga kafolatlar haqida deklaratsiya imzoladi
18:12 / 05.01.2026