Jahon | 21:52 / 30.05.2018
7722
2 daqiqa o‘qiladi

Ukraina bosh vaziri mamlakat aholisining xorijga ishlashga ketishi sababini tushuntirdi

Foto: 24tv.ua

Ukraina bosh vaziri Vladimir Groysman hukumat yig‘ilishida mamlakat aholisi nima uchun tobora ko‘proq boshqa davlatlarga ketayotganining sababini tushuntirdi.

Yig‘ilish bolalar huquqlarini himoya qilishga bag‘ishlangan bo‘lib, unga bir necha qiz va o‘g‘il bola ham taklif qilingan. Shunday ishtirokchilardan biri bosh vazirdan nima uchun ukrainaliklar boshqa davlatga ko‘chib ketishayotgani haqida so‘ragan. “Ular shunchaki sayohat qiladilar”, deb javob bergan bosh vazir. Biroq, keyin u ham ularning qaytishlarini istashini aytgan. 

Ukrainada 2014 yildagi davlat to‘ntaruvidan keyin mamlakat fuqarolari tobora ko‘proq xorijiy davlatlarga ishlagani keta boshlaganlar. Bu holat Yevropa ittifoqi davlatlari bilan viza tartibi osonlashtirilgandan keyin yanada jadallashgan. Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, mamlakatni mehnatga layoqatli 9 mln kishi tark etgan. Ukraina tashqi ishlar vaziri Pavel Klimkinning ta'kidlashicha, mamlakatni har oy 100 mingga yaqin odam tark etmoqda.   

Ukrainaliklar asosan Rossiya va Polshaga doimiy yoki mavsumiy ishga borishni ma'qul ko‘rishadi. Ma'lum qilinishicha, hozirda Rossiyada 3 mln, Polshada 2 mln ukrainalik bor.  

Bugungi kunda Ukrainada qancha aholi borligini mutaxassislar ham aytishga qiynalmoqdalar. Aholi oxirgi marta 2001 yilda ro‘yxatga olingan. O‘shanda mamlakat aholisi 48,5 mln kishini tashkil qilgan. Navbatdagi ro‘yxatga olish 2020 yilga belgilangan.

Mavzuga oid