Dunyoda eng zör murabbiy kim ekanini bilmayman, ammo menimça, dunyoda eng aqlli murabbiy bu – Zayniddin Zidan. Hamma uçun kutilmaganda u “Real”ni tark etiş fikriga kelgani uçun ham aqlli. Men ilgari, u endigina “Real” boşqaruviga kelganida bir maqola yozgan ekanman. Futbolçilik davrini eng töğri pallada tugatgan Zidan murabbiylikda ham şu işni qila oladimi, deb savol bergandim öşanda. Buyoğiga, u yana murabbiylik qiladimi, qayerda va qanday işlaşi menga qoronğu. Ammo “Real”ni, mana şunday ajoyib ikki yarim yildan keyin, kelasi mavsumda har qanday xatoni qilişga haqqi bölib turgan bir paytda ketayotgani qisman öşa savolga javob bergandek, nazarimda. Keling, öşa maqolani e'tiboringizga havola qilay:
Buvam Messini körmaganlar. Ammo Peleni va Maradonani körganlar. Dunyoning eng yaxşi futbolçisi deb esa, Mixail Mesxini bilardilar. Aytişlariça, uşbu gruziyalik hujumçining xayrlaşuv uçraşuvi ham qiziq ötgan ekan. Soyib Xöjayev iştirok etgan “Yor yor” filmidagi futbol sahnasi esingizdami? “Paxtakor” öşa davrlardagi eng kuçli jamoalardan biri, Urugvayning “Nasonal” klubi bilan örtoqlik öyinida maydonga tuşgandi. Öşa “Nasonal” faqat Toşkentga kelmagan, “Paxtakor”ga qarşi öyin urugvayliklar uçun Yevropa turnesining yakuni edi.
1969 yilning yozida “Nasonal” Tbilisida mahalliy “Dinamo”ga qarşi maydonga tuşadi. Mutasaddilar öşa pallada öz faoliyatini yakunlaş arafasida yurgan, “Dinamo”ni esa allaqaçon tark etib bölgan Mesxini öyinga taklif qilişadi. Bahonada maşhur futbolçi bilan xayrlaşuv öyinini ham taşkil qilib oliş maqsadida. Kelişuvga köra Mixail birinçi taymdagina öynaşi közda tutilgandi. U özining ajoyib öyini bilan raqiblarni ham hayron qoldiradi. Taym tugab, odatga köra futbolçilar Mesxini qöllarida kötarib maydonni aylantirişayotganliklarini körgan urugvaylik maşhur murabbiy Zeze Moreyra dastlab tuşunmaydi va savol beradi:
- Sizlarda öyinçi almaştirilayotganda şunday odat bormi?
Mesxining sönggi öyini ekanligini va şuning uçun bu hurmat körsatilayotganligini tuşuntirişgaç, uning hayronligi battar oşadi va istehzoli kulimsirab:
-U ketyapti, bular qolişyaptimi? –deb söraydi.
Zayniddin Zidanning futbolçilik faoliyati haqida gap ketganda, doim mana şu hikoya esga tuşaveradi. Frantsuzning “Real” boşqaruviga kelgan paytdagi holat, hali heç qaçon heç qaysi klubni boşqarmagan tajribasiz murabbiyga nisbatan bölayotgan bu qadar işonçning zamirida ham aynan şu jihatmikin, deb öylayveraman. Zidanning boşqa futbolçilardan farqi ham şunda – uni heç qaçon ojiz körmaganmiz.
U zaxirada ötirmagan. U Qatarga yoki AQŞga ketmagan. U bundayroq klubda faoliyatining sönggi davrlarini ötkazmagan.















