Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xorvatiyada politsiya muhojirlar ketayotgan mashinani o‘qqa tutdi
Xorvatiya politsiyasi 29 nafar afg‘onistonlik va iroqlik muhojirlarni olib ketayotgan furgonni o‘qqa tutdi. Furgon yo‘lida qo‘yilgan blokpostni yorib o‘tmoqchi bo‘lgan.
Oqibatda 9 kishi yaralangan: 2 bola og‘ir, biroq barqaror ahvolda, qolganlar yengil jarohat olgan.
Ta'kidlanishicha, voqea 31 mayga o‘tar kechasi, Zadar shahri yaqinida yuz bergan.
Politsiya furgon mamlakatga noqonuniy tarzda kirgandan keyin uni to‘xtatish uchun blokpost o‘rnatgan. Furgon haydovchisi bosniyalik bo‘lgan va voqea joyidan yashiringan. Hozirda u qidirilmoqda.
“Haydovchi bir nechta ogohlantirishdan keyin to‘xtamagan. U blokpostdan o‘tib, politsiya tomon bostirib borgan. Politsiyachilar hayotlari xavf ostida qolgani sababli o‘q otishga majbur bo‘lishgan”, deb aytgan Zadar politsiyasi boshlig‘i.
Muhojirlarning Yevropaga tushishlarida asosiy Bolqon yo‘nalishi 2016 yilda Yevropa ittifoqi va Turkiya o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra yopilgan. Biroq minglab odamlar o‘tgan yillar ichida kontrabandachilar tomonidan ochilgan yangi yo‘nalish bo‘yicha Yevropa davlatlariga kira olishgan. Bu yo‘nalish, Gretsiyadan Albaniya, Chernogoriya, Serbiya va Bosniya orqali Xorvatiyaga olib boradi.
Mavzuga oid
09:00 / 22.05.2026
Abdulaziz Komilov Xorvatiya bosh vaziri bilan muzokara o‘tkazdi
09:41 / 06.04.2026
Xorvatiya o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun eshiklarni ochishi mumkin
11:15 / 17.02.2026
Vengriya va Slovakiya Xorvatiyadan Rossiya neftini yetkazib berishni so‘ramoqda
12:07 / 17.01.2026