Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YPX xodimiga bo‘ysunmagan avtomobil o‘g‘risi 11 yilga qamaldi
Sud YPX xodimiga bo‘ysunmagan avtomobil o‘g‘risini 11 yilga ozodlikdan mahrum qildi, deb xabar bermoqda poytaxt IIBB axborot xizmati.
Qayd etilishicha, «Matiz» avtomobilining olib qochilgani haqidagi xabar bir zumda barcha YPX postlariga kelib tushgan. Barcha nazoratchilar qatori YPX brigadasining 3-divizioni mobil guruhi inspektori – safdor Dilshod Jo‘rayev «Nazarbek» postidan o‘tayotgan mashinalarni sinchiklab tekshirar ekan, qidiruvdagi mashinani darrov payqagan va unga to‘xtash buyrug‘ini bergan.
Biroq, YPX xodimiga bo‘ysunmagan jinoyatchi tezlikni oshirib, harakatni davom ettiradi. Shunda inspektor avtomobil kapot ustiga o‘zini otadi, biroq sodir etgan jinoyatining jazosidan qo‘rqqan qonunbuzar mashina rulini turli tomonga burib, xodimdan qutilmoqchi bo‘ladi. Mashinaning qisqa burilishlari oqibatida yiqilib tushgan xodimimiz esa tan jarohatini oldi. Biroq jinoyatchi boshqa xizmatdoshlar tomonidan baribir qo‘lga olingan.
Ushbu holat yuzasidan, Toshkent shahar Uchtepa tuman prokuraturasi tomonidan muqaddam sudlangan, 1985 yilda tug‘ilgan Sh.Sh.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining bir qator, jumladan, 105, 219, 267, 122 va 226 – moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, sud tomonidan 11 yilga ozodlikdan mahrum etish jazosi belgilandi.
Mavzuga oid
22:10 / 11.07.2026
Toshkent Osiyodagi yashash uchun eng qimmat shaharlar reytingida 74-o‘rinda qayd etildi
12:11 / 06.07.2026
O‘zbekistonda birinchi Xalqaro islom forumi boshlanmoqda
18:20 / 04.07.2026
Toshkentning har bir tumanida 15-20 tadan jamoat hojatxonalari quriladi
17:57 / 04.07.2026