Jahon | 20:54 / 31.05.2018
24059
1 daqiqa o‘qiladi

Kim Chen In AQShga maktub, Rossiyaga salom yo‘lladi

KXDR yetakchisi Kim Chen In AQSh Prezidenti Donald Trampga maktub yo‘lladi. Bu haqda Tramp Pxenyanda bo‘lib turgan Amerika delegatsiyasi yetkazgan ma'lumot tayanib xabar qilgan. 

Reuters tarqatgan ma'lumotga ko‘ra, amerikaliklar maktubni 1 iyun kuni AQSh Prezidentiga yetkazishadi. 

Shuningdek, Kim Chen In 2009 yildan beri ilk marta Shimoliy Koreyaga tashrif buyurgan Rossiya Tashqi ishlar vaziri orqali Rossiya Prezidenti Vladimir Putin salom yo‘llagan. 

"Vaqt tig‘izligiga qaramay" Rossiya delegatsiyasi bilan uchrashishga rozi bo‘lgan Kim Chen In joriy yilning 12 iyun kuni AQSh Prezidenti bilan Singapurda yuzma-yuz uchrashishi kutilmoqda. 

Shu vaqtgacha, Shimoliy Koreyaga qadam bosmagan Janubiy Koreya Prezidenti ham ushbu sammitda qatnashishi mumkin.

Алишер Рузиохунов
Tayyorlagan Алишер Рузиохунов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid