Ko‘k kitning ilk bor Qizil dengizda paydo bo‘lishi olimlarni o‘ylantirib qo‘ydi
Misr ekologiya vazirligi kuzatuvlar tarixida ilk bor Qizil dengizda, Aqaba ko‘rfazida ko‘k kit paydo bo‘lganini qayd qildi.
Shu munosabat bilan Misr ekologiya vaziri Xolid Fahmiy kitning ortidan kuzatish va harakatlanishini qayd qilishga ko‘rsatma bergan.
Ta'kidlanishicha, Qizil dengiz bu sut emizuvchi yashaydigan muhit hisoblanmaydi. “Mutaxassislar ko‘k kitni Qizil dengizga nima olib kelganini aniqlashga urinmoqdalar”, deb aytilgan bayonotda.
Ekologlarning aytishicha, kitning Misr sohillari yaqinida paydo bo‘lishi xavf solmaydi, biroq unga yaqinlashish joiz emas. “Bu kit yirtqich hisoblanmaydi, xavf solmayda va odamlarga hujum qilmaydi, biroq unga yaqinlashmagan ma'qul”, deb aytilgan xabarda.
Vazirlikda gap uzunligi 24 metrgacha yetuvchi kit haqida ketayotganini qo‘shimcha qilishgan.
Mavzuga oid
15:34 / 18.11.2024
Misr O‘zbekistonda qurilayotgan kimyo klasteri loyihasida ishtirok etmoqchi
13:38 / 08.11.2024
Misr Toshkent viloyatida ko‘chmas mulk sohasiga investitsiya kiritmoqchi
10:53 / 07.11.2024
Misr Samarqand viloyati tuman va shaharlarida suv ta’minoti tizimini modernizatsiya qilishi mumkin
12:32 / 06.11.2024