Sport | 11:54 / 31.05.2018
4137
3 daqiqa o‘qiladi

Og‘ir atletika. Toshkent birinchi marta yoshlar o‘rtasida jahon chempionatiga mezbonlik qiladi

7-14 iyul kunlari Toshkent shahrida og‘ir atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasida jahon chempionati bo‘lib o‘tadi. Bugungi kungi holatga ko‘ra, musobaqada hozircha jahonning 50 dan ortiq mamlakat vakillari ishtirok etishi aniq bo‘lib ulgurgan. Ushbu raqam musobaqa boshlangunga qadar ko‘tarilishi aniq, deb xabar bermoqda MOQ.

Shuningdek, chempionat boshlanishi arafasida poytaxtdagi “International hotel” mehmonxonasida Xalqaro og‘ir atletika federatsiyasining Ijroiya Qo‘mitasi yig‘ilishi va navbatdagi Kongressi bo‘lib o‘tadi. Unda tashkilot prezidenti Tomash Ayyan ham ishtirok etishi kutilmoqda. Yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatiga esa «O‘zbekiston» sport majmuasi mezbonlik qiladi.

Terma jamoa murabbiylari musobaqada ishtirok etadigan sportchilarimiz ro‘yxatini taqdim etishdi. Unga ko‘ra, atletlar jahon chempionatida quyidagi tarkibda qatnashadi:

Yigitlar:

-62 kg: Muhammadali Kahramonov
-69 kg: Adhamjon Ergashev
-69 kg: Hakimjon Shamsiddinov
-77 kg: Muhammadqodir Toshtemirov
-77 kg: G‘ayrat Aytmuratov
-85 kg: Zaynobiddin Mahamadaminov
-94 kg: Azimjon Xojiyev
-105 kg: Akbar Jo‘rayev,
-105 kg: Saidmuxtor Saidahrorov
+105 kg: Shaxmerdan Kemalov.

Qizlar:

-48 kg: Zuhra Otajonova
-58 kg: Sayyora Yesbergenova
-63 kg: Kumushxon Fayzullayeva
-69 kg: Zarnigor Abduraxmonova
-69 kg: Layloxon Xursanova
-69 kg: Rambergenova Bazargul
-75 kg: Gulnoza Ahmadova
-75 kg: Tursunoy Jabborova
-90 kg: Dolera Davronova
-90 kg: Shodmonoy Ochilova.

Terma jamoa a'zolari ayni paytda musobaqaga jiddiy tayyorgarlik olib bormoqdalar. Qizlar terma jamoasi tayyorgarlikning so‘nggi bosqichini 13 iyun – 4 iyul kunlari Qozog‘istonda o‘tkazadi. Erkaklar terma jamoasi esa 17 iyun – 8 iyul kunlari Rossiyada tashkil qiladigan o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarida ishtirok etadi.

Ma'lumot uchun, 2013 yilgi o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionati ham Toshkentda o‘tkazilgandi. Unda dunyoning 17 yoshgacha bo‘lgan eng sara polvonlari g‘oliblik uchun kurash olib borishgan. 20 yoshgacha bo‘lgan atletlar o‘rtasidagi jahon chempionatiga esa mamlakatimiz poytaxti birinchi marta mezbonlik qiladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid