Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya NATO bilan munosabatlar haqida: tango uchun ikki kishi kerak
Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Aleksandr Grushkoning «Izvestiya» gazetasiga bergan intervyusida ma'lum qilishicha, Rossiya tomoni NATO bilan muloqotga tayyor.
«Tangoga ikki kishi kerak. Biz hech narsani uzib tashlamadik, muloqotga tayyormiz. Biroq, NATO bizning milliy manfaatlarimizga zarar yetkazayotgan joylarda, biz bu manfaatlarni real vaziyat qanday talab qilsa, shunday himoya etamiz», - dedi Grushko.
Shuningdek, uning ta'kidlashicha, Shimoliy Atlantika alyansi «o‘zini yangi dunyoda topa olmadi». Grushkoning fikricha, Yaqin Sharqdagi vaziyatdan shunday xulosa chiqarish mumkin, u yerda NATO vaziyatga yechim topa olmayapti. Vazir o‘rinbosarining qo‘shimcha qilishicha, Rossiya-NATO munosabatlari rivojiga alyans eski muammolari xalaqit bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Polsha prezidenti Rossiya NATO uchun eng jiddiy tahdidligi ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
22:13 / 19.06.2026
Zelenskiy Lukashenkoga ultimatum qo‘ydi va uni bajarish uchun bir hafta muhlat berdi
12:13 / 19.06.2026
Moskvaga urush davridagi eng yirik hujum – suratlar
08:28 / 19.06.2026
Sofiya Rossiyaga qarshi yangi cheklovlarga qarshi chiqdi
08:22 / 19.06.2026