Jahon | 17:38 / 28.05.2018
10269
1 daqiqa o‘qiladi

Polsha prezidenti: Rossiya NATO uchun eng jiddiy tahdid

Foto: AP Photo/Alik Keplicz

Polsha prezidenti Anjyey Dudaning NATO parlament assambleyasida ma'lum qilishicha, Rossiya alyans uchun asosiy tahdiddir. Bu haqda wPolityce xabar bergan.

Dudaning so‘zlariga ko‘ra, transatlantik munosabatlarni tiklash va qurollanishga ko‘proq pul ajratish lozim.

«Biz o‘zimizning transatlantik birdamligimiz muhimligini yodda saqlashimiz kerak, ayniqsa o‘zimiz birgalikda yaratgan xavfsizlik tizimi tinchlik hamda barqarorlikka tahdid uyg‘otayotgan sub'yektlar tomonidan sinalayotgan va qarshilik ko‘rsatilayotgan paytda. Ularning orasidagi eng jiddiysi Rossiya hisoblanadi», - deya ma'lum qildi Duda.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Rossiya tomoni xalqaro huquq normalarini shubha ostiga qo‘ymoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Polsha AQSh harbiy bazasi uchun 2 mlrd dollar to‘lashga tayyorligi ma'lum qilingandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid