O‘zbekiston | 19:28 / 31.05.2018
13678
2 daqiqa o‘qiladi

Sel va suv toshqini xavfli hududlarda nazorat kuchaytirildi

Foto: KUN.UZ

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi va Xavfli geologik jarayonlarni kuzatish davlat xizmati hamkorligida respublikamizning ko‘chkilar, sel oqimlari va toshqin suvlari xavfi mavjud tog‘li hamda tog‘oldi hududlarida jami 373 ta xo‘jalik aniqlangan. Xavfli hududlardagi 71 xo‘jalikni, ya'ni 320 nafarga yaqin fuqarolarni doimiy ko‘chirish yuzasidan ishlar tashkil etilmoqda.

Aholini suv toshqinlari va boshqa favqulodda vaziyatlarda tezkorlik bilan ogohlantirish maqsadida joylarda 105 ta nazorat-kuzatuv postlari tashkil etilib, zarur aloqa vositalari bilan ta'minlangan. Bu haqda “Xalq so‘zi” yozmoqda.

Ta'kidlanganidek, hukumat tomonidan hududlarni tabiiy ofatlar bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish uchun mablag‘lar ajratib kelinmoqda. Xususan, 2012 yilda ushbu yo‘nalishda 6 mlrd. 710 mln. so‘mdan ortiq mablag‘ ajratilgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2018 yilda 38 mlrd. 700 mln. so‘mni tashkil etmoqda. 

Shuningdek, respublika hududida sel-toshqin va yer ko‘chishi xavfi mavjud hududlarda yashovchi aholini keng jalb qilgan holda 53 ta maxsus-taktik o‘quv mashqlari o‘tkazildi. Ushbu o‘quv mashqlarida 637 ta texnika hamda 3230 mingdan ortiq fuqarolar qatnashdi. 

O‘quv mashqlari davomida amalda 51,4 ming metr kub tuproq ishlari, 8,8 ming metr kub tosh ishlari, 121 metr kub qum-shag‘al ishlari bajarilib, 20,8 pogon kilometrdan ortiq masofadagi ichki ariq va magistral kanallar tozalandi.

Mavzuga oid