Tezkor gidrometeorologik axborotga köra, Qaşqadaryo, Surxondaryo, Samarqand, Navoiy, Jizzax, Toşkent, Namangan, Farğona va Andijon viloyatlarining ayrim toğli va toğoldi tumanlarida sel kelişi xavfi mavjud.

Xususan, Qaşqadaryo viloyatining Yakkaboğ, Dehqonobod, Kitob va Şahrisabz, Jizzax viloyatining Zomin va Baxmal, Toşkent viloyatining Böstonliq va Parkent, şuningdek, Farğona vodiysidagi qator toğli hududlar xavfli hududlar sifatida qayd etilgan.

Mutaxassislar yoğingarçilik natijasida sel oqimlari şakllanişi, şuningdek, ayrim hududlarda yomğir suvlari töplanib, mahalliy suv toşqinlari yuzaga kelişi mumkinligini bildirmoqda.

Şu munosabat bilan toğli hududlarda istiqomat qiluvçi aholi, dam oluvçilar hamda uşbu hududlarda harakatlanuvçi haydovçilarga xavfsizlik çoralariga qat’iy rioya qiliş tavsiya etildi.