Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
15 yillik muzokaralar. O‘zbekiston - Qozog‘iston chegara bo‘yicha muzokaralari navbatdagi bosqichi yakunlandi
2018 yilning 1 iyun kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston - Qozog‘iston davlat chegarasini demarkatsiya qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasi hukumatlari delegatsiyalarining 5 kunlik muzokaralari yakunlandi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar bermoqda.
Muzokaralar davomida davlat chegarasining alohida uchastkalarida o‘tkazilgan dala tekshiruvlari natijalari ko‘rib chiqildi.
2003 yildan buyon davom etayotgan muzokaralar yakunida Bayonnoma imzolandi va unda O‘zbekiston-Qozog‘iston davlat chegarasini demarkatsiya qilish va yakuniy huquqiy rasmiylashtirishni tezlashtirish muhimligi ta'kidlandi, deyiladi xabarda.
Uchrashuv an'anaviy do‘stlik va o‘zaro tushunish muhitida o‘tdi.
Mavzuga oid
10:12 / 11.07.2026
O‘zbekiston va Qozog‘iston chegarasida raqamli bojxona nazorati joriy etiladi
20:20 / 06.07.2026
Qirg‘iz-o‘zbek chegarasida korrupsiyaga qarshi maxsus operatsiyada o‘nlab xodimlar ushlandi
14:26 / 05.07.2026
Afg‘onistondan dronda narkotik olib o‘tishning oldi olindi
11:20 / 01.07.2026