Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda ishsizlik 18 yil ichidagi eng past darajani namoyish qildi
May oyida AQShda 223 ming ish o‘rni yaratilgan. Buning evaziga mamlakatdagi ishsizlik darajasi 0,1 foizga, ya'ni 3,8 foizgacha kamaygan. Ta'kidlanishicha, bu ko‘rsatkich 2000 yil aprelidan beri eng past ko‘rsatkich bo‘lgan. The Wall Street Journal nashri tomonidan so‘ralgan iqtisodchilar ish o‘rni 190 mingtaga ko‘payishi, ishsizlik darajasi esa 3,9 foizga teng bo‘lishini prognoz qilganlar.
AQShda o‘rtacha oylik ish haqi yillik ifodada 2,7 foizga ko‘paygan.
Past ishsizlik darajasi va oshayotgan oylik ish haqi AQSh Federal zaxira tizimiga pul siyosatini qat'iylashtirish va iyunda foiz stavkalarini oshirishni davom ettirishga imkon berishi kerak.
Mavzuga oid
22:12 / 17.04.2026
Tramp Ho‘rmuz bo‘g‘ozi ochilganiga qaramay, Eron portlari blokadasi saqlanib qolishini aytdi
19:30 / 17.04.2026
AQShning Ho‘rmuz blokadasi ish beradimi? Trampning maqsadi nima?
17:37 / 17.04.2026
KUBA – katta o‘yin ichidagi kichik davlat | MAYDON
11:27 / 17.04.2026