13:44 / 01.06.2018
4787

Qozog‘istonda 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarning uyda yolg‘iz qolishi taqiqlanishi mumkin

Foto: RIA Novosti / Konstantin Chalabov

Qozog‘istonda bolalar huquqlari bo‘yicha vakolatli vakil Zagipa Baliyeva mamlakat parlamentining ijtimoiy-madaniy rivojlanish bo‘yicha qo‘mita yig‘ilishida 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarni yolg‘iz qoldirishni taqiqlash taklifi bilan chiqdi. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, bola qayerda bo‘lmasin - xususiy yoki davlat tashkilotidami, u to‘laqonli, ishonchli, xavfsiz himoyaga huquqi bor.

"Aftidan, barcha bolalar muassasalarida videokuzatuvni o‘rnatish vaqti keldi. Tegishli normani joriy etish lozim, hamda biz ishchi guruhda buni ishlab chiqmoqdamiz - ota-onalar 12 yoshgacha bo‘lgan bolani yolg‘iz qoldirishiga haqi yo‘q. U 12 yoshga to‘lmagan bo‘lsa, hattoki uyda ham bir o‘zi qolishi kerak emas", - deya huquq himoyachisining so‘zlarini keltiradi Sputnik Qozog‘iston. 

Baliyevaning ta'kidlashicha, ota-onalar mas'uliyatini oshirishdan avval, hukumat tomonidan qo‘llab-quvvatlov ko‘rsatish va sharoit yaratish lozim.

"Biz hukumatga mamlakatimizdagi har bir bolaga to‘garak va bitta sport seksiyasi respublika yoki mahalliy byudjyetdan to‘lab berilishini taklif qilmoqchimiz. O‘shanda ota-onalar mas'uliyatini oshirish mumkin, hamda ota-onalar “menda imkoniyat yo‘q”, deya olmaydi. Men bu davlatning qo‘lida keladi, deb hisoblayman", - deya ma'lum qilgan ombudsmen.

U derazalarni o‘rnatishda yangi qurilish normalari va qoidalari haqida gapirgan.

"Bizda 100dan ortiq bola derazadan pastga tushib ketganini bilasizmi. Hozir davlat organlari bilan tegishli norma hamda qoidalarni qayta ko‘rib chiqdik. Ayni vaqtda "Otamakon", tadbirkorlar bilan uchrashmoqdamiz. Deraza ishlab chiqarayotganlar bu jarayonni qayta ko‘rish chiqishi lozim, ularni o‘rnatib bo‘lganlar uchun esa - himoya vositalari bor", - deya aniqlik kiritdi ombudsmen.

Top