O‘zbekiston | 10:00 / 01.06.2018
5316
2 daqiqa o‘qiladi

Maktab direktorlariga zamonaviy menejmentning innovatsion metodlari o‘rgatiladi

Xalq ta'limi vazirligi tomonidan maktab rahbarlari va tizim xodimlarining malakasini oshirishda ularga boshqaruvning zamonaviy metodlarini o‘rgatish joriy etildi. Bu haqda Xalq ta'limi vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.  

A.Avloniy nomidagi Xalq ta'limi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida tizimdagi rahbar, pedagog va mutaxassis xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishda menejmentning samarali metodlarini o‘qitish, boshqaruvning zamonaviy usullari bilan tanishitirishga yo‘naltirilgan o‘quvlar yo‘lga qo‘yildi.

Foto: Xalq ta'limi vazirligi Matbuot xizmati

Jumladan, o‘quv kurslarida rahbar-kadrlarda ijodiy tafakkurni rivojlantirish, ularning AKT va mediasavodxonlik kompetentligini kuchaytirish, sohaga doir xalqaro ilg‘or tajriba bilan tanishtirishga alohida e'tibor qaratilmoqda. 

Foto: Xalq ta'limi vazirligi Matbuot xizmati

Anjuman davomida bildirilgan konstruktiv taklif va mulohazalarni malaka oshirish va qayta tayyorlovga joriy etish, qabul qilingan tavsiyalarni xalq ta'limi tizimi faoliyatiga tatbiq etish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqildi.

Foto: Xalq ta'limi vazirligi Matbuot xizmati
Foto: Xalq ta'limi vazirligi Matbuot xizmati

 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid