Jahon | 23:25 / 01.06.2018
31581
1 daqiqa o‘qiladi

“Mersedes”dan kattaroq: Putin Abu-Dabi valiahd shahzodasiga yangi limuzinini ko‘rsatdi (video)

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Abu-Dabi valiahd shahzodasi Muhammad Al Nahayonga “Kortej” loyihasi bo‘yicha yaratilgan yangi limuzinini namoyish qildi. Putin bu limuzindan ilk bor 7 may kuni inauguratsiyasi vaqtida foydalangan va shundan beri undan ishchi mashina sifatida foydalanib kelmoqda. 

Avval Putin ishchi avtomobil sifatida “Mersedes”dan foydalangan. Putin Al Nahayon bilan suhbat boshida yangi mashinaga “Mersedesdan sal kattaroq” deb ta'rif bergan.

Valiahd shahzoda mashinani tashqi tomondan ko‘rib chiqib, uning orqa o‘rindig‘iga o‘tirgan. Videodan ko‘rinishicha, mashina unda yaxshi taassurot qoldirgan. 

“Kortej” loyihasi o‘z ichiga limuzin, sedan, miniven va yo‘ltanlamasni oladi. Mashinalar 2019 yildan sotuvga chiqishi kutilmoqda. Istiqbolda mashinalar elektr dvigatel bilan jihozlanishi mumkin.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid