Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shimoliy Koreya delegatsiyasi muzokaralar o‘tkazgani Oq uyga keldi
Foto: AP /Andrew Harnik
Shimoliy Koreyaning Mehnat partiyasi vakili Kim Yon Chxol boshchiligidagi KXDR delegatsiyasi Oq uyga yetib keldi. Delegatsiya AQSh prezidenti Donald Trampga Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning murojaatini yetkazadi.
Ma'lum qilinishicha, Kim Yon Chxol Oq uy xodimlari apparati boshlig‘i Jon Kelli va AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha yordamchisi Jon Bolton bilan uchrashadi. So‘ngra Shimoliy Koreya vakilini Donald Tramp qabul qilishi rejalashtirilgan.
The Washington Post nashrining yozishicha, Shimoliy Koreyaning bunday yuqori lavozimdagi mansabdor shaxsi oxirgi marta AQShga deyarli 18 yil avval kelgan.
Mavzuga oid
13:30 / 07.02.2026
AQSh elchisi Polsha Seymi spikeri bilan aloqalarni uzmoqda
11:19 / 07.02.2026
Tramp: Eron bilan muzokaralar yaxshi ketyapti, unga kelishuv qiziq
09:31 / 07.02.2026
Tramp Hindistonga Rossiyadan neft sotib olishdan voz kechishi evaziga boj to‘lovlarini bekor qildi
09:02 / 07.02.2026